Żegota yodgorligi (polyakcha: Pomnik Żegoty) — Varshavadagi Zamenhof koʻchasidagi xiyobonda joylashgan yodgorlik. Yodgorlik Ikkinchi jahon urushi paytida Polshada faoliyat yuritgan Żegota yashirin tashkiloti xotirasiga bagʻishlangan.

Tarixi tahrir

Germaniya fashistlari Polshani bosib olishi paytida yahudiylarga yordam bergan Polsha yashirin tashkiloti — Jegota yodgorligi 1995-yil 27-sentabrda oʻrnatildi. U Polsha jamoat arbobi va Jegota aʼzosi Vladislav Bartoshevskiy tashabbusi bilan ochilgan. Yodgorlik mualliflari polshalik haykaltaroshlar Xanna Shmalenberg va Marek Moderaudir. Yodgorlik AQShdagi Polsha diasporasi tomonidan moliyalashtirilgan[1].

Polsha maxfiy davlati tomonidan Xolokost davrida yahudiylarni qutqarish uchun istilo qilingan Yevropadagi boshqa tashkilotlar singari tashkil etilgan tashkilot quvgʻindagi oʻz hukumati tomonidan moliyalashtirilgan yagona birlashma edi.

Matnning asli: Organizacja utworzona przez Polskie Państwo Podziemne dla ratowania Żydów w czasach Holocaustu, wśród jej podobnych działających w okupowanej Europie była jedyną finansowaną przez swój Rząd, Rząd Rzeczypospolitej Polskiej na Uchodźstwie.

1988-yili Varshava gettosida sodir etilgan qoʻzgʻolon yilligi munosabati bilan yodgorlik yoniga eman daraxti ekildi. Bu daraxt polyaklar va yahudiylarning umumiy xotirasining ramzidir[2].

Manbalar tahrir

  1. „Uratowali życie kilku tysięcy osób“ (pl). warszawa.gosc.pl. 2015-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-may.
  2. Wiesław Głębocki: Warszawskie pomniki. Warszawa: Wydawnictwo PTTK „Kraj“, 1990, s. 99. ISBN 83-7005-211-8

Havolalar tahrir