Bosh menuni ochish

Jeksonvill - AQShning jan.sharqidagi shahar. Aholisi 735,6 ming kishi (2000). Florida shtatining shim.sharqiy qismining iqtisodiy markazi. Dengiz porti (yillik yuk ortib-tushirish 15 mln. t), muhim t. y. va shosse yoʻllar tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Q. x. mahsulotlari (tamaki, yer yongʻoq va mevalar) yetishtiriladigan va oʻrmonchilik r-nining savdo markazi. Qora metallurgiya, metallsozlik sanoati rivojlangan. Sellyuloza-qogʻoz, yogʻochsozlik, poligrafiya, kimyo, oynashisha, oziq-ovqat, tamaki, ke-masozlik va kema remonti korxonalari, universitet bor. Shaharga 1822 y.da asos solingan. AQShning harbiy-dengiz bazasi.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil