Jem Uzan

tahrir

Jem Jengiz Uzan (1960-yil 26-dekabrda tugʻilgan; Istanbul) — turkiyalik tadbirkor, siyosatchi va sobiq "Yoshlar partiyasi"ning raisi.U Star gazetasi, Star TV va Kral TVning sobiq egasi.U 2004-yilda "Omonat Depozitlarni Sug'urtalash Jamg'armasi" (TMSF) tomonidan oilaviy biznesi musodara qilinmaguncha, u otasi Kamol Uzan va ukasi Xoqon Uzan bilan birga Turkiyaning iqtisodiy jihatdan kuchli oilalaridan birining a'zosi bo'lgan.Turkiyaning birinchi xususiy televideniyesi Star TVga asos solgan Jem Uzan,2002-yilda"Yoshlar partiyasi"ni tuzib siyosatga kirdi.2002-yil 23-avgustda bo‘lib o‘tgan "Yoshlar partiyasi"ning navbatdan tashqari uchinchi qurultoyida partiya raisi etib saylandi."Yoshlar partiyasi" 2002-yilgi Turkiya umumiy saylovlarida 7,25%, 2007-yilgi umumiy saylovlarda esa 3,03% ovoz olgan.Ergenekon ayblovida Shener Eruygurni harbiy to’ntarishga undaganlikda ayblangan Jem Uzan, siyosiy boshpana so’rovini qabul qilgan Fransiyada yashamoqda.2020-yil 2-iyul kuni Anqarada boʻlib oʻtgan "Yoshlar partiyasi"ning 5-navbatdagi qurultoyida telekonferensiya orqali ishtirok etib, yangi rais Murat Hakan Uzan ekanligini eʼlon qildi.

Hayoti

tahrir

Bosniyalik oiladan chiqqan Jem Uzan 1960-yil 26-dekabrda Istanbulda tadbirkor Kamol Uzan va Melahat Uzanning farzandi boʻlib tugʻilgan.Uning Xoqon Uzan degan ukasi bor. Jem Uzan o‘rta ta’limni Istanbul nemis litseyida tamomlagan va AQShning Pepperdine universitetida biznes boshqaruvi bo‘yicha bakalavr darajasini olgan.

Ish hayoti

tahrir

Vizual va audio mediada birinchi xususiy (Star TV), birinchi ko'ngilochar (Teleon TV), birinchi musiqa (Kral TV), birinchi turk kinosi (Yeşilçam TV) va birinchi turk seriali (Dizi TV) telekanallari,birinchi raqamli eshittirish platformasini (Star Digital) birinchi xususiy (Super FM), birinchi arabesk musiqa eshittirishini (Kral FM), birinchi xorijiy musiqa eshittirishini (Metro FM) va birinchi sekin musiqa eshittirishini (Joy FM),radiostansiyalari bilan birinchi raqamli eshittirish platformasini tashkil etish orqali muhim ishlarni amalga oshirdi. Mobil aloqa sohasida Telsim kompaniyasi bilan birga GPRS, MMS, WAP, MVS, Suhbatlash kabi xizmatlarni Turkiyada birinchi bo'lib yaratdi.Unga tegishli bo'lgan "Star" gazetasi Turkiyaning eng ko'p tirajli gazetasi bo'ldi.Uzan oilasiga qarashli Chukurova va Kepez Elektrikdagi konsessiya shartnomalari 2003-yil iyun oyida bekor qilgan, 2003-yil 3-iyulda esa "Imar Bank"i va"Adabank" musodara qilingan.2004-yilning fevral oyida "Imar Bank"ning tekshirish ishlari olib borilayotganda, Omonatlarni sug'urtalash jamg'armasi (TMSF) tomonidan Uzanlarning 219 ta kompaniyasini musodara qilishgan.2008-yilda unga qarshi "Imar Bankasi" tergovi doirasida firibgarlik va o'zlashtirish aybi bilan da'vo qo'zg'atilgan. 2013-yil 29-mart kuni Istanbul 8-Jinoyat ishlari bo‘yicha sudining qaroriga ko‘ra, Jem Uzan “bankning jami 1 milliard 468 million 240 ming 378 lirasini firibgarlik yo‘li bilan o‘ziga va boshqa Uzan oilasi a’zolariga ustalik bilan o‘tkazib berishda ayblanib,18 yil, 5 oy va 20 kunlik qamoq jazosiga hukm qilindi. Oliy sud qamoq jazosini o‘z kuchida qoldirdi. Ijro qonuniga ko'ra, uning jazo muddati 9 yil 2 oy etib belgilandi.