Jeonbuk milliy universiteti (JBNU) – Janubiy Koreyaning Jeonju shahrida joylashgan davlat oliy taʼlim muassasasidir. Universitet 1947-yilda tashkil etilgan. Jeonbuk milliy universiteti 2023-yilgi QS jahon universitetlari reytingida 551-560 oʻrinlarni egalladi[1]. JBNU 14 ta bakalavriat va 16 ta magistratura (1 ta umumiy,9 ta ixtisoslashgan va 4 ta kasbiy yoʻnalish) kollejlarini oʻz ichiga oladi. Universitetning Jeonju kampusida 32 000 ga yaqin talaba va 2 000 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat olib boradi. JBNU xalqaro taʼlim muassasalari bilan hamkorlik dasturlarini qoʻllab-quvvatlaydi, hozirda 500 dan ortiq xalqaro talabalar universitetning magistratura bosqichida tahsil olishadi[2].

koreyscha: 전북대학교
Shiori Ozodlik,adolat,ijodkorlik
Turi davlat
Asos solingan sanasi 1947 (77 yil avval) (1947)
Rektori Dae-Kyung Kim
Fakultetlar 1,030 ta
Talabalari 22,000
Manzili
Jeonju,Shimoliy Jeolla provinsiyasi, Janubiy Koreya
Veb-sayti jbnu.ac.kr/eng

Manbalar

tahrir
  1. „Chonbuk National University“ (en). Top Universities (2015-yil 16-iyul). Qaraldi: 2018-yil 11-aprel.
  2. https://www.jbnu.ac.kr/eng/?menuID=316

Havolalar

tahrir