Oq qayroq, oq marka (Leuciscus aspius) — karpsimonlar (Cypriniformes) turkumi oqqayroqlar (Leuciscidae) oilasiga mansub baliq. Uzunligi 60—80 sm, vazni 12 kg gacha. Shim. Boltiq, Qora, Orol dengizlari havzalarida, Oʻzbekistonning deyarli barcha suv havzalarida, jumladan Amudaryo va Sirdaryoda uchraydi. 3—5 yoshida voyaga yetadi. Mayda baliqlar, plankton, voyaga yetgan davrida esa baliq chavoqlari bilan oziqlanadi. Martdan maygacha 40 tadan 300 minggacha uvuldiriq tashlaydi. Qisman sanoat ahamiyatiga ega.[2]

Oqqayroq
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Shuʼlaqanotli baliqlar
Turkum: Karpsimonlar
Oila: Oqqayroqlar
Urugʻ: Leuciscus
Tur: Oqqayroq
Binar nomi
Leuciscus aspius
Sinonimlari
  • Cyprinus aspius Linnaeus, 1758
  • Aspius aspius (Linnaeus, 1758)
  • Cyprinus rapax Leske, 1774
  • Cyprinus taeniatus Eichwald, 1831
  • Aspius rapax (Leske, 1774)
  • Aspius vulgaris Leiblein, 1853
  • Alburnus iblioides Kessler, 1872
  • Aspius erytrostomus Kessler, 1877
  • Aspius linnei Malm, 1877
  • Aspius transcaucasicus Warpachovski, 1896

Manbalar tahrir

  1. „Aspius aspius“. Iucnredlist.org. Qaraldi: 2011-yil 23-dekabr.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil