Jerom gambiti
Jerom gambiti – bu quyidagi yurishlar bilan boshlanadigan shaxmat debyuti:
1. e2-e4 e7-e5
2. Kg1-f3 Kb8-c6
3. Cf1-c4 Cf8-c5
4. Cc4:f7+.
a | b | c | d | e | f | g | h | ||
8 | 8 | ||||||||
7 | 7 | ||||||||
6 | 6 | ||||||||
5 | 5 | ||||||||
4 | 4 | ||||||||
3 | 3 | ||||||||
2 | 2 | ||||||||
1 | 1 | ||||||||
a | b | c | d | e | f | g | h |
Tarixi
tahrirJerom gambiti amerikalik shaxmat havaskori Alonzo Jerom (1834—1902) sharafiga nomlangan boʻlib, u ushbu debyut tahlilini 1874-yil aprel oyida Dubuque Chess Journalda nashr etgan. Zamonaviy shaxmat amaliyotida kamdan-kam uchraydi.
Debyut gʻoyalari
tahrirGambitning asosiy gʻoyasi – piyoda uchun filni qurbon qilish, qora shohni rokirovkadan mahrum qilish va uning xavfli holatidan foydalanib, hujum qilish imkoniyatini qoʻlga kiritish. Oʻz tadqiqotida A.Jerom 4. …Ke8:f7 dan keyin oʻyinni 5. Kf3:e5+ Kc6:e5 6. Qd1-h5+ (yoki 6. d2-d4)ga qadar davom ettirishni tavsiya qilgan. Uning fikricha, himoyada qoralar yaxshi imkoniyatlarga ega boʻlishiga qaramay, oqlarga hujumni davom ettirish uchun sezilarli darajada qarshilik koʻrsatolmaydi.
Variantlar
tahrir- 4. …Kpe8-f8? – Jerom gambiti rad etildi, bu qoralar uchun noqulay.
- 4. …Kre8:f7 – Jerom gambiti qabul qilindi.
- 5. s2-s3
- 5. 0-0
- 5. Fd1-e2
- 5. Kf3:e5+ Kc6:e5 – „Jerom qoʻsh gambiti“.
- 6. d2-d4 Fd8-h4 7. 0-0 Ke5-g4 8. h2-h3 Cc5-d6 9. e4-e5 – Oqlar oʻz yoʻqotishlarini qoplash imkoniyatiga ega boʻladi.
- 6. Fd1-h5+ – hujumning eng asosiy nuqtasi.
- 6. …g7-g6
- 6. …Ke5-g6 7. Ff5-d5+ Kpf7-f8 8. Fd5:c5+ d7-d6 9. Fc5-e3
- 6. …Krf7-f8 Fh5:e5 7. d7-d6 Fe5-g3
- 6. …Krf7-e6
- 7. Fh5-e5 Kpe6-d6 8. f2-f4 yoki 8. d2-d4
- 7. f2-f4
- 7. …Fd8-f6 8. Lh1-f1
- 7. …d7-d6 8. f4:e5 d6:e5 9. Fh5-h3+ Kpe6-f7 10. Fh3-h5 g7-g6 11. Fh5:e5 Cc5-d4