Rokirovka (fransuzcha roguer, asli forscha rox (shaxmatdagi rux) soʻzidan) — shaxmat oʻyinida shoh va ruxni bir vaqtda dastlabki joyidan qoʻzgʻatib (oʻrnini oʻzgartirib) qoʻyish (shohni — bir katak tashlab chapga yoki oʻngga, ruxni — shoh surib qoʻyilgan katak ustidan oʻtkazib chap yoki oʻng tomonga). Shohni oʻz tomonidagi rux bilan oʻrnini oʻzgartirib qoʻyish qisqa rokirovka, farzin tomondagi rux bilan oʻrnini oʻzgartirib qoʻyish uzun rokirovka hisoblanadi. R.ning hozirgi qoidasi 19-asr oʻrtalaridan Yevropada qoʻllanila boshlagan. "Rokirovka" termini, shuningdek, oʻzgartirishlar, joyini almashtirish (Masalan, siyosatdagi rokirovka) maʼnosida qoʻllanadi.[1]

Qisqa rokirovka
Uzun rokirovka

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil