Jeshuv — Polshaning jan.sharqidagi shahar. Vislok daryosi boʻyida. Jeshuv voyevodaligining maʼmuriy markazi. Aholisi 162 ming kishi (1999). Temir yoʻl tuguni. Mashinasozlik (jumladan avtomobil va aviatsiya dvigatellari i. ch.), oziq-ovqat (goʻsht va meva-konserva) sanoati korxonalari, texnik chinni zavodi, pedagogika instituti, Jeshuv oʻlkasi muzeyi bor. 15—18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan. J.ga 14-asrda asos solingan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil