Jetigʻara xrizotil asbest koni

Jetigʻara xrizotil asbest koni — Qozogʻiston shim.dagi kon. Tobol daryosi irmogʻi havzasida Jetigʻara oʻta asos togʻ jinslari massivining jan. qismida joylashgan. 1916-yilda ochilgan, 1939—42-yillarda razvedka qilinib 1965-yildan ishga tushirilgan. Kon 4 ta asbest uyumidan iborat. Eng yirik "asosiy" uyumi ishlab chiqarishda. Asbest zaxirasi (37 mln. t) ning 80% shu uyumda. Uyumning uz. 3800 m, qalinligi 80–100 m dan (shim. da) 450–500 m. gacha (jan.da). Xrizotil-asbest joylashgan jinslar serpentinit va serpentinlashgan peridotitlardan iborat. Rudadagi xrizotilasbestning miqdori 3,88%. Qazib olish va qayta ishlash markazi — Jetigʻara.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil