Jezoyna — jez va ilk temir davrida ishlangan metall koʻzgu. Milodning boshlarigacha shisha oyna boʻlmaganligi sababli oyna jezdan qilingan. Qad. mozorlarda J. koʻpincha ayollarning ziynat buyumlari qatorida uchraydi. J., asosan, doyra shaklida boʻlib, avval dastasiz, keyinroq (temir davrida) dastali qilinib, turli xil naqshlar berilgan. J. oʻrta asrlardagi baʼzi yodgorliklarda ham uchraydi. Yaltiroqligini doimiy saqlash uchun J. yuzasi teridan qilingan nafis pardozlagich bilan ishqab turilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil