Jigar saratoni
Jigar saratoni Amerika Qoʻshma Shtatlarda tarqalgan, lekin surunkali gepatit B va gepatit C infeksiyalari va aflatoksin taʼsir qilish kabi xavf omillari sababli butun dunyoda keng tarqalgan. Simptomlarga sariqlik (terining sargʻayishi), yuqori qorinda ogʻriqlar, oʻng yelka ogʻrigʻi va vazn yoʻqotilishi kiradi. Shifokorlar tomografiya testlari va qon testlarini birlashtirib, holatni aniqlaydilar. Jigar saratoni qorinning oʻng tarafidagi pastki qovurgʻalar ostida joylashgan organda paydo boʻladi. Badanning boshqa joylarida boshlanib, jigarga (jigar metastazlariga) tarqaladigan oʻsmalardan asosiy jigar saratoni (hepatocellular karsinoma) va safro kanali saratonini (xolangiokarsinomani) ajrata qilish juda muhim[1].
Jigar saratonining oldini olish
tahrirJigar saratoni oldini olish asosan jigar sirrozi gepatit B va gepatit C kasalliklarini oldini olish yoʻli orqali qilinadi. Asosiy profilaktika choralari sifatida gepatit B ga qarshi emlash, alkogolizmga qarshi choralar koʻrish va qon bankida parvarish qilish va igna kabi oʻtkir materiallar bilan ishlash tibbiyotda qoʻllanadi.
Qanday tarqalishi
tahrirJigar saratoni qon tomiri yoki limfa tizimi orqali tananing boshqa qismlariga tarqalib ketishi mumkin. Koʻp hollarda metastazlar oʻpka hamda suyaklarda uchraydi. Shunigdek, shish hujayralari ham qorin boʻshligʻi orqali tarqalib, qorin boʻshligʻining istalgan joyida suyuqlik yoʻplanib qolishiga (astsit) yoki massaga olib kelishi mumkin[2].