Gilbert Uilyam
(Jilbert Uilyamdan yoʻnaltirildi)
GILBERT (Gilbert) Uilyam (1544.24.5, Kolchester - 1603.30.11, London) — ingliz fizigi va saroy vrachi. Magnit va elektr hodisalarini oʻrganish bilan shuhrat qozongan. "Magnit, magnit jismlar toʻgʻrisida va katta magnit — Yer toʻgʻrisida" asarida (1600) Yer katta magnit hisoblanadi. Yerning magnit mintaqalari geografik mintaqalar bilan mos keladi, degan farazlarini birinchi boʻlib ilgari surgan va temir sharni magnitlab, u ham Yerga oʻxshab magnit mil (strelka)ga taʼsir etishini koʻrsatgan. U Angliyada N. Koperniknnng geliotsentrik nazariyasini tarqatuvchisi boʻlgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |