Jimjitlik

Said Ahmadnign romani

"Jimjitlik" – Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad ijodiga mansub boʻlgan roman. Roman yovuzlik bilan ezgulikning abadiy kurashiga bagʻishlangan. Ilk bora 1986-1987-yillarda „Sharq yulduzi“ jurnalida davomli eʼlon qilingan. 1989-yillda Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti asarni 150 000 nusxada bosib chiqardi[1].

Jimjitlik

2016-yilgi nashr
Muallif(lar) Said Ahmad
Til O'zbek
Janr(lar)i Roman
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1989-yil
ISBN ISBN 978-9943-4621-2-0

Ammo, oʻsha davrdagi senzura sababli, muallifni ogohlantirmasdan asarning uchdan bir qismini olib tashlandi.

Muallif oʻn toʻrt yil davomida romanni qayta tiklash, yoʻqotilgan joylarini toʻldirishga harakat qildi va romanni bugungi kun talablariga mos tarzda qayta nashr ettirdi.

Romanning yangilangan versiyasi 2008-yilda Oʻzbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan 280 betli 5000 nusxada, qattiq muqovada nashr etilgan. 2016-yilda esa "Sano-Standart" nashriyoti tomonidan 336 betli yumshoq muqovada qayta nashr etildi. Roman 2024-yili yozuvchining qizi Nodira Xusanxoʻjayeva muharrirligi ostida ikki marta nashr etildi: Sano-Standart nashriyoti tomonidan 416 betli 5000 nusxada, yumshoq muqovada, kirill alifbosida va Turon Zamin nashriyoti tomonidan 320 betli 2000 nusxada, qattiq muqovada lotin alifbosida nashr etildi.

Jimjitlik romanida sovet davridagi rahbarlarning chirkin hayoti, ezilgan oddiy xalqning turmush tarzi, uzoq yillar rahbarlar taziyqi ostida Afrikada yashagan, ayoli va farzandidan ayrilib uyiga qaytgan Tolibjon, boylik va mansab uchun har qanday jirkanchlikka tayyor xotinboz rais Mirvali, otasi oʻldirilib, onasi Mirvali tomonidan tortib olingan Azizbek kabi insonlar taqdiri hikoya qilinadi. Romanning oxirida Mirvalining "kallakesar"larining xatosi oqibatida Tolibjon vafot etadi va roman Mirvali Azizbek tomonidan o'ldirilishi bilan tugaydi.

Qahramonlari

tahrir
  • Tolibjon – bosh qahramon. Olim. Amaldorlar tayziqi bilan uzoq yillar davomida vatanidan olisda yashagan, ayoli va farzandi vafotidan keyin tugʻilib oʻsgan uyiga qaytgan, onasining taʼbiri bilan aytganda „baxtini tuproqqa koʻmib kelgan“ inson.
  • Mirvali – Tolibjonning doʻsti. Kolxoz raisi. „Bir tanda ikki odam“ deb Mirvaliga aytilgan.
  • Zaynab – Tolibjonning singlisi.
  • Kampir – 90 yoshdan oshgan koʻzi koʻr boʻlib qolgan ayol, Tolibjonning oʻgay onasi.
  • Azizbek – otasi Mirvali tomonidan oʻldirtirilgan, onasini Mirvali mashuqa qilib olgan yigit.
  • Jayrona – Tolibjon chet elda uchratgan va keyinchalik Tolibjonga turmushga chiqqan tarjimon qiz, aslida „Davlat xavfsizligi mayori“ boʻladi.
  • Erali – „Eshshakquloq“ laqabli chavandoz kishi. Ikkinchi jahon urushida qatnashgan.
  • Asqarali – Mirvali tomonidan oʻldirilgan va mushuklarga yem boʻlgan obraz (Uning qanday oʻlishini yolgʻiz Azizbek koʻrib qoladi).

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir