Jin Yangyang (1993-yil, 3-fevralda Dalyan shahrida tug‘ilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining Tianjin Jinmen Tiger klubida Shanghai Shenhuadan ijara asosida o‘ynaydi.

Jin Yangyang
金洋洋
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 3-fevral 1993-yil (1993-02-03) (31 yosh)
Tavallud joyi Dalian, Liaoning, Xitoy bayrogʻi Xitoy
Boʻyi 1.86 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Tianjin Jinmen Tiger ijarada
Shanghai Shenhua klubidan
Raqami 21
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011-2012 Dalian Shide 2 (0)
2013-2014 Dalian Aerbin 10 (0)
2015 Guangzhou R&F 18 (2)
2016-2020 Hebei China Fortune 59 (1)
2021- Shanghai Shenhua 0 (0)
2021Tianjin Jinmen Tiger (ijara) 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 28-iyul uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Jin professional futbolchilik faoliyatini 2011-yilda Xitoy Superligasi vakili Dalian Shidega boshlagan.[1] 2012-yilning 9-iyulida u Dalian Shide safidagi debyutini safarda Changchun Yataiga qarshi o‘yinda (1:0) o‘tkazdi va 80-daqiqada Zhang Yaokunning o‘rniga maydonga tushdi.[2] U 2012-yilgi liga mavsumida 2 ta oʻyinda maydonga tushdi. 2013-yilda Jin Dalian Shide tarqatib yuborilganidan keyin Dalian Aerbinga oʻtdi. 2014-yilning 13-avgustida u Dalian Aerbin safida 2014-yilgi Xitoy Superligasida Guangzhou Evergrandega qarshi o‘yinda debyut qildi.[3]

2015-yil yanvar oyida Jin Xitoy Superligasining Guangzhou R&F jamoasiga oʻtdi. U 2015-yilning 24-fevralida 2015- yilgi Osiyo Chempionlar Ligasida Gamba Osakaga qarshi o‘yinda Guangzhou safida debyut qildi va safarda 2:0 hisobida jamoasi bilan g‘alaba qozongan oʻyinda, oʻyinning 88-daqiqada Michelning o‘rniga maydonga tushdi.[4] 2015-yilning 3-aprelida u Guizhou Renhega qarshi o‘z uyida 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘zining birinchi va ikkinchi golini kiritdi.[5] Biroq u o‘yin davomida nosport harakati to‘rtta oʻyinga chetlatildi.[6]

Jin 2016-yilning 19-fevralida Superliganing yangi futbolchisi sifatida Hebei China Fortune klubiga 80 million yuan evaziga o‘tdi.[7] 2016-yilning 4-martida u Hebei safida Guangzhou R&Fga qarshi safarda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan holda debyut qildi.[8]

2021-yilning 12-aprelida Jin Shanghai Shenhuaga bepul transfer orqali qo‘shildi.[9] 2021-yilning 13-iyulida Jin Shenhua safida maydonga tushishidan oldin Tianjin Jinmen Tiger klubiga ijaraga berildi. U Jinmen Tiger safidagi debyutini 2021-yil, 19-iyul kuni Pekin Guoanga qarshi o‘yinda golsiz durang bilan o‘tkazdi va bu uning faoliyatidagi 100-o‘yini boʻldi.

Xalqaro faoliyati tahrir

Jin 2016-yil iyul oyida FIFA Jahon chempionati-2018 saralash bosqichi — OFK 3-bosqichida Xitoy termasining kattalar jamoasi yigʻiniga chaqirilgan edi.[10]

Faoliyat statistikasi tahrir

2021-yil 28-iyul holatiga koʻra

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Dalian Shide 2011 Chinese Super League 0 0 0 0 - - 0 0
2012 2 0 1 0 - - 3 0
Jami 2 0 1 0 0 0 0 0 3 0
Dalian Aerbin 2013 Chinese Super League 0 0 0 0 - - 0 0
2014 10 0 0 0 - - 10 0
Jami 10 0 0 0 0 0 0 0 10 0
Guangzhou R&F 2015 Chinese Super League 18 2 1 0 4 0 - 23 2
Hebei China Fortune 2016 25 0 0 0 - - 25 0
2017 12 0 1 0 - - 13 0
2018 16 1 2 0 - - 18 1
2019 6 0 1 0 - - 7 0
Jami 59 1 4 0 0 0 0 0 63 1
Shanghai Shenhua 2021 Chinese Super League 0 0 0 0 - 0 0 0 0
Tianjin Jinmen Tiger (ijara) 2020 Chinese Super League 2 0 0 0 - 0 0 2 0
Karyera jami 91 3 6 0 4 0 0 0 101 3

Manbalar tahrir

  1. 2011赛季中超联赛大连实德队球员名单 at sohu.com 2011-03-28. Retrieved 2014-08-21 (xitoycha)
  2. 中超-詹姆斯点杀 实德客场1-0亚泰收获近6轮首胜 at 163.com 2012-07-09. Retrieved 2014-08-21 (xitoycha)
  3. 吉拉迪诺2球布鲁诺难救主 阿尔滨1-2恒大 at sohu.com 2014-08-13. Retrieved 2014-08-21 (xitoycha)
  4. 亚冠-哈默德1V4汪嵩破门 富力2-0胜日本冠军[sayt ishlamaydi] at sports.sina.com 2015-02-24 Retrieved 2016-11-03
  5. 富力中超主场终于赢球 新晋国脚金洋洋梅开二度 at sports.sohu.com 2015-04-04 Retrieved 2016-11-03
  6. 金洋洋遭禁赛四场 富力:对处罚结果表示遗憾 at sports.qq.com 2015-04-10 Retrieved 2016-11-03
  7. 富力官方宣布金洋洋转会华夏 at sports.sohu.com 2016-02-19 Retrieved 2016-02-19
  8. 中超-居吕姆"中两元"热鸟建功 幸福2-1逆转富力 at sports.163.com 2016-03-04 Retrieved 2016-11-03
  9. „2021-yilning 12-aprelida Jin Shanghai Shenhuaga bepul“ (zh). Sina Sports (2021-yil 12-aprel). Qaraldi: 2021-yil 28-iyul.
  10. „CFA reveals names of China PR players competing in FIFA World Cup qualifiers“. chinatopix.org (2016-yil 26-iyul). 2016-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-avgust.