Jinoyat predmeti – jinoyat qonuni bilan qoʻriqlanadigan ob’yektning ijtimoiy xavfli harakat toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir qiladigan elementi[1]. Jinoyat predmeti moddiy dunyo neʼmati hisoblanib, jinoyatchi jinoyat sodir etilayotganda bevosita unga taʼsir etadi, shuningdek u tufayli jinoyatni sodir etishi nazarda tutiladi. Agar jinoyat predmeti shaxs boʻlsa, jinoyat huquqida u jabrlanuvchi hisoblanadi: masalan, hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatishni bunga misol qilish mumkin. Jinoyat predmeti jinoyat ob’yektining fakultativ belgisidir. Chunki u ijtimoiy munosabatlarning moddiy ifodasi boʻlganligi sababli ayrim jinoyat tarkiblarida, masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139, 140- moddalarida mavjud emas.

Manbalar

tahrir
  1. Toychiyev, N., ed (2009). "Jinoyat predmeti". Oʻzbekiston yuridik ensiklopediyasi. Toshkent: „Adolat“ nashriyoti. p. 176.