Jinoyat protsessi
Jinoyat protsessi - jinoyat ishini tergov qilish va sudda koʻrish vaqtida surishtiruv, tergov, prokuratura organlari va sud bajaradigan harakatlar jarayoni. J. p., odatda, ish qoʻzgʻatilgandan to hukm chiqarilguncha davom etadi, baʼzan esa hukmni qayta koʻrish va uning ijrosi masalalarini hal qilishni ham oʻz ichiga oladi. J. p. jinoyatlarni ochish va jinoyatchilarni jazolash uchun xizmat qiladi; barcha fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi, sudning mustaqilligi va faqat qonunga boʻysunishi, sudlov ishlari oshkora va koʻpchilikni tashkil etgan aholi tilida olib borilib, bu tilni bilmaganlarga tarjimon yordam berishi, ayblanuvchi oʻzini himoya qilish huquqiga ega boʻlishi kabi demokratik tamoyillarga asoslanadi. Mansabdor shaxslarning J. p.da vakolatlari qonun bilan tartibga solinadi. Ular J. p.da ishtirok etadigan ayblanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh, ekspert va b.ning oʻz huquklaridan toʻliq foydalanishlari va majburiyatlarini toʻla bajarishlari uchun masʼuliyatli. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyaning oʻz vakolati doirasidan tashqari chiqishi, qonunda belgilanmagan harakatlarni qilishi, shuningdek, ayblanuvchi va jabrlanuvchilar huquqining asossiz chegaralanishi — tergov xulosalarining notoʻgʻri deb hisoblanishiga, hukmning bekor qilinishiga sabab boʻladi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |