Jiyda

jiydadoshlar oilasiga (Elaeagnaceae) mansub turkum

Jiyda (Elaeagnus L.) — jiydadoshlar oilasiga mansub daraxt yoki buta. Janubiy Yevropa, Markaziy va Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerikada oʻsadigan 40 ga yaqin turi bor. Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekistonda Janubining qargʻajiyda. (E. angustifolia; yovvoyi holda oʻsadi), sharq jiydasi (E. orientalis), tikanakli J. (E. pungens), kumushsimon J. (E. argentea), non J. (E. edulis) turlari oʻsadi. Sharq Jiydasining bargi oddiy, ensiz, kumushrang . Daraxti 8–10 m, shoxlari siyrak, tikanli yoki tikansiz. Guli ikki jinsli, sariq, serasal, xushboʻy, efir moyli. Mevasi sargʻish, magʻizsiz danakli, eti 31,2—88,7%, unsimon, xushxoʻr. Tarkibida 46—65% qand, 10% oqsil, 1,3% kislota, 200 mg% S vitamini mavjud. Jiydaning ning mevasi yangiligida yoki quritib isteʼmol etiladi. Mevasidan spirt va kuchsiz alkogolli ichimliklar tayyorlanadi. Tabobatda oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Yogʻochidan turli xil buyumlar yasaladi, parfyumeriya sanoatida, gulidan efir moy olinadi.

Jiyda qurgʻoqchilikka chidamli, yer osti suvlari yuza va shoʻr tuproqlarda ham oʻsaveradi. Danagidan, ildiz bachkisidan va qalamchasidan koʻpayadi. Koʻchati oʻtkazilgach, 3—5- yili hosilga kiradi. May—iyun oyida gullaydi, mevasi sentabr, oktabr oylarida pishadi. Bir tupi 50 kg gacha hosil beradi.Jiyda60—80-yil yashaydi. Non jiyda mevali daraxt sifatida ekiladi, oʻrta boʻyli daraxt. Sernam yerlarda yaxshi oʻsadi. Serhosil. Mevasi yirik, mazali, qizgʻish-qoʻngʻir rangli. Oʻzbekiston oʻrmonchilik ilmiy tadqiqot institutida uning 20 ga yaqin navi taʼriflangan (Qizil Jiyda , Raʼno, Urganch, Xurmoy, Toshkent deserti, Choʻli qandak, Kizil qandak va b.). Hozirgi davrga kelib sanoat ahamiyatini yoʻqotdi. Oʻzbekiston,Tojikiston va koʻpgina mamlakatlarda ayrim tomorqa bogʻlarida havaskorlar ekadi. Koʻproq yoʻl yoqalari, kanal boʻylari, dala-ihota oʻrmon mintaqalari, tashlandiq yerlarga ekiladi. Tuproqni azot bilan boyitadi.

Azimov E.Non jiyda.T.1967.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil