Jiyenbay Izbasqanov
Jiyenbay Izbasqanov (1949-yil 12-iyun, Shumanay tumani, Qoraqalpoq ASSR, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2023-yil 29-oktyabr) – taniqli qoraqalpoq shoiri. Oʻzbekchada ham ijod qilgan. Oʻzbekiston (?) va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri (2005)[1]. Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat mukofoti laureti (?). U „Muhabbatning olmos qirralari“ kitobi va koʻplab sheʼrlari bilan tanilgan[2]. Turli yillarda „Jetkinshek“ gazetasida boʻlim boshligʻi (1982–1985), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Matbuot qoʻmitasida boshliq oʻrinbosari (1990–1995), „Qoraqalpogʻiston“ gazetasida bosh muharrir (1995–2010) boʻlib ishlagan. Koʻpgina klassik asarlarni qoraqalpoqchaga tarjima qilgan[1].
Jiyenbay Izbasqanov | |
---|---|
Tavalludi |
12-iyun 1949-yil |
Vafoti |
29-oktyabr 2023-yil (74 yoshda) ?, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Jiyenbay Izbasqanov vafot etdi“. Qalampir.uz (30-oktyabr 2023-yil). Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston xalq shoiri Jiyenbay Izbasqanov olamdan ko’z yumdi“. Uz.kursiv.media (30-oktyabr 2023-yil). Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |