Qoraqalpoqlar

Hozirgi qoraqalpoqlar ko‘pgina turk qabila va urug‘lari qorishmasidan iborat
(Qoraqalpoqdan yoʻnaltirildi)

Qoraqalpoqlar — Markaziy Osiyodagi turkiy xalq; qipchoq hududlaridan oʻrislar tomonidan siqib chiqarilgach Horazm va Qoqon honliklariga kochib kelgan. Umumiy soni 708 000 atrofida, shundan 650.000i Qoraqalpogʻistonda yashaydi.

Qoraqalpoqlar
Small race in Takhtakupir.jpg
Oʻz nomi qoraqalpoqcha: Qaraqalpaqlar, қарақалпақлар
Hozirgi joylashuv areali va aholi soni

Jami: 708 000 ~
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston  :
708,8 ming (2017-yil hisobi)

 Qoraqalpog'iston 650 000

Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 60 000

TURKMANISTON 50 000

Rossiya bayrogʻi Rossiya 4466 (2010 yil)
Til Qoraqalpoqcha
Dini Islom sunniy
Irqiy turi Mongoloid irqi
Tegishli Turkiy xalq
Oʻxshash xalqlar Qozoqlar, Noʻgʻaylar, qirgʻizlar, turkmanlar
Kelib chiqishi Oʻgʻuzlar, qipchoqlar, mangʻitlar, qoʻngʻirot (qabila)

Shuningdek, Oʻzbekistonning Fargona. Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlarida, qoʻshni Turkmaniston, Qozogistonda, Rossiyada. Afgʻonistonda, Eronda bir necha minglab yashaydi. Qoraqalpoq tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar.

Milodiy 2-asr oxiri — 4-asrlarda Orol boʻyi choʻllariga Sharqdan hunlar, 6—8-asrlarda esa turkiylar kelib mahalliy oʻtroq xorazmiylar va koʻchmanchi sak-massaget qabilalari bilan qisman aralashib ketgan. Mana shu etnik asosda Orol boʻyi ilk oʻrta asr xalqlari — bijanaqlar va oʻgʻuzlarning shakllanish jarayoni kechgan, ularning muhitida 8—10-asrlarda qoraqalpoqlarning ham shakllanishi boshlangan.

EtimologiyaTahrirlash

10-asr boshida bijanaqlarning bir qismi Gʻarbga, Janubiy rus choʻllariga ketgan; Kiyev Rusi hududiga kelib joylashgan qabilalar rus yil-nomalarida „chyornne klobuki“ („qora qalpoqlar“) deb nom olgan. Volga-Ural oraligʻida qolgan bijanaklarning sharqiy qismi Irtish havzasidan kelgan qipchoqtar bilan asta-sekin aralashib ketgan, ularning tilini qabul qilgan. Manbalarda qipchoq urugʻ-qabila ittifoqida „qoraqalpoqlar“ atamasiga mos keluvchi „qora boʻrkli“ etnonimi uchraydi. Moʻgʻullar istilosi davrida Rashididdin asarida „qavmi kulahi siyah“ yaʼni „siyohrang qalpoqli qavm“ nomi bilan qayd etilgan. Jungʻorlar bilan boʻlgan jangda yengilgach hozirgi Qoraqalpoqiston hududiga koʻchib kelganlar va turli turk urugʻ va qabilalariga aralashib hozirgi qoraqalpoqlar shakllangan

TarixiTahrirlash

Qoraqalpoqlar, oʻzbeklar va qozoqlar XV asrda Chingizxon imperiyasi parchalanib, Oltin Oʻrda qulagandan keyin vujudga kelgan.[1]

Soʻnggi arxeologik maʼlumotlarga koʻra, qoraqalpoqlar 16-asr oxiri yoki 17-asrning qaysidir davrida Sirdaryo boʻyida yoki uning janubiy Janadaryo boʻyida, Kichik Oʻrda qozoqlariga yaqin joyda turli qabilalar guruhi sifatida shakllangan va ularning tili, urf-odatlari va moddiy madaniyati qozoqlarnikiga juda oʻxshash.

Qoraqalpoqlar yarim oʻtroq hayot kechirib, sugʻorma dehqonchilikni chorvachilik (ayniqsa, qoramol) va baliq ovlash bilan qoʻshib olib borganlar. Qoraqalpoqlarning aksariyat qismi 16—18-asrlar oʻrtalarida Sirdaryoning oʻrta va quyi oqimi boʻylari (Turkiston, Jankent, Chirikrabot) hamda bir qismi Orol mintaqasida (Qoʻngʻirot, Shohtemir shahri) yashashgan. Biroq Yoyiq va Emba daryolari boʻylarida ham qoraqalpoqlar istiqomat qilganliklari haqida maʼlumotlar bor. 1743-yil qozoq xoni Abulxayrxon qoraqalpoqlarga hujum qilgan, natijada sirdaryolik qoraqalpoqlarning asosiy qismi 18-asrning 2-yarmida Sirdaryodan uning gʻarbiy irmogi — Janadaryoga koʻchgan. 18-asr oxirida Xiva xonlari qoraqalpoqlarni tobe etishga faol harakat qilishgan va oqibatda 1811-yil ular boʻysundirilib, qoraqalpoqlarning asosiy qismi Amudaryo havzasiga koʻchirilgan. Xiva xonlariga qarshi qoraqalpoqlar bir necha marta (1827, 1855-56, 1858-59 yillar) bosh koʻtargan. 1873-yil Chor Rossiyasi istilosi natijasida oʻng sohil Amudaryodagi qoraqalpoqlar Rossiyaga qoʻshib olingan. Bu yerda Amudaryo boʻlimi tuzilgan, Turkiston general-gubernatorligining Sirdaryo viloyati tarkibiga kiritilgan. Chap sohilda yashovchi qoraqalpoqlar Xiva xonligi tasarrufida qolgan. Oʻrta Osiyoda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatilgach, chap sohil va oʻng sohil qoraqalpoqlari Qoraqalpogʻiston avtonom viloyatini tuzgan. 19-asr — 20-asr boshida qoraqalpoqlarda xoʻjalik, ijtimoiy va oilaviy hayotda urugʻ-qabila tizimi va patriarxal-urugʻchilik munosabatlari qoldiqlari saqlanib qolgan.

DiniTahrirlash

Qoraqalpoqlar, asosan, sunniy Hanafiy mazhabiga eʼtiqod qiluvchilardir. Ular 10-13-asrlarda islomni qabul qilganlar, bu davrda ular alohida etnik guruh sifatida paydo boʻlgan.

Naqshbandiy, Kubroviy, Yassaviy va Qalandariy kabi darveshlik tariqatlari mintaqada keng tarqalgan. Mintaqa aholisi bilan eng mustahkam aloqa oʻrnatgan diniy tariqat shia tarafdorlari boʻlgan Kubroviyyadir.

1914-yilda qayd etilgan 553 ta masjiddan bir nechtasi Nukus, Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli va Chimboyda saqlanib qolgan. Koʻpchilik qoraqalpoq mullalari juma namozi uchun uylaridan foydalanadilar.

AntropologiyaTahrirlash

Irqiga koʻra qoraqalpoqlar yevropeoid va mongoloid irqlarining chatishuvi natijasida paydo boʻlgan metislar hisoblanadi. Mongoloidlik darajasi oʻzbeklarga qaraganda koʻproq va qozoqlarga qaraganda kamroq. Fargʻona qoraqalpoqlari orasida mongoloidlik Orol qoraqalpoqlariga qaraganda kam.[2]

Genetik tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, qoraqalpoqlardagi Y-xromosoma gaploguruhlari quyidagicha: C3 (26 %), O3a2c1 (14 %), J2 (12 %), N1c1 (8 %), R1b1a2 (8 %), Q1a (6 %), R1a1a (R1a1a1b1a1-M458*) (4 %), R2 (4 %), G2a (1 %) I2a (1 %).[3]


Qoraqalpoq urugʻlariTahrirlash


ManbalarTahrirlash

  1. Heyer, Evelyne; Balaresque, Patricia; Jobling, Mark A; Quintana-Murci, Lluis; Chaix, Raphaelle; Segurel, Laure; Aldashev, Almaz; Hegay, Tanya (1 September 2009). "Genetic diversity and the emergence of ethnic groups in Central Asia". BMC Genetics. 10: 49. doi:10.1186/1471-2156-10-49. ISSN 1471-2156. PMC 2745423. PMID 19723301. 
  2. Расовый тип каракалпаков. Дата обращения: 25 декабря 2012. Архивировано 10 января 2018 года.. 
  3. Гаплогруппы и гаплотипы 50-ти каракалпаков Архивная копия от 7 июня 2013 на Wayback Machine.