Xoʻjayli tumaniQoraqalpogʻiston Respublikasidagi tuman. 1926-yil 14-yanvarda tashkil etilgan. Amudaryoning chap sohilida joylashgan. Shimolidan Nukus, janubi-sharkdan Qoraoʻzak, shim.gʻarbdan Qanlikoʻl, Shumanay tumanlari, gʻarb va janubidan Turkmanistonning Koʻhna Urganch tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,85 ming km². Aholisi 146,4 mint kishi (2004). Tumanda 9 ovul fuqarolari yigʻini (Amudaryo, Begjap, Janajap, Kenagas, Koʻlob, Naymankoʻl, Saroykoʻl, Sarichunkoʻl, Somonkoʻl), 1 shahar (Xoʻjayli), 1 shaharcha (Vodnik) bor. Markazi – Xoʻjayai shahri.

Xoʻjayli tumani
Ходжейлийский район
tuman
Tarkibida Qoraqalpogʻiston
Maʼmuriy markazi Xoʻjayli
Asos solingan sanasi 1930
Hokim Jengis Yermashev [1]
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Xoʻjayli tumani xaritada
Koordinatalari: 42°24′36″N 59°25′48″E / 42.41000°N 59.43000°E / 42.41000; 59.43000 G O

TabiatiTahrirlash

Relyefi, asosan, tekislikdan iborat. Ikdimi keskin kontinental. Yillik oʻrtacha temperatura 11°. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –6,9°, eng past temperatura –32°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 27,1°, eng yuqori temperatura 44". Vegetatsiya davri 196 kun. Yiliga 120 mm yogʻin tushadi. Tuman xududi orqali Qoʻngʻirot va boshqa kanallar oqib oʻtadi. Oʻsimliklardan chiy, qamish, qoʻgʻa, qoʻytikan, roʻvak, bugʻdoyiq, ajriq, qorabaroq, oqbosh, qaragʻay, yulgʻun, turangʻil, yovvoyi jiyda, tol, selin va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan, asosan, kemiruvchilar, sudralib yuruvchilar; qushlardan oʻrdak, gʻoz, oqqush, qoʻton, birqozon, chittak, inuya, dehqonchumchuq, qizilishton, sassiqpopishak, zargʻaldoq va boshqa uchraydi. Tuproklari, asosan, qumli choʻl tuproqlar. Foydali qazilmalardan poydevorda ishlatiladigan tosh olinadi (Sarichunkoʻl, Naymankoʻl).

AholisiTahrirlash

Aholisi, asosan, qoraqalpoqlar va oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, turkman, rus, tatar, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Ahrlining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 172 kishi (2004).

IqtisodiyotiTahrirlash

Tumanda 10 sanoat korxonasi (shu jumladan, un va yorma ktlari, sholi okdash, aralash yem zavodlari va boshqalar), 4 avtokorxona, pochta, elektr aloqasi korxonalari, temir yoʻl transporti, gaz quvurlari (RFning markaziy rnlari va Uralga gaz uzatadigan kompressor styalar), tikuvchilik fabrikasi, gilamchilik korxonasi va boshqa faoliyat koʻrsatadi.

Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi — paxtachilik. Gʻalla, sabzavot va poliz, kartoshka, sholi, yemxashak ekinlari ham ekiladi. 11 shirkat, 5 fermer xujalik uyushmasi bor. 490 dehqon xoʻjaligi tashkil etilgan. Tumandagi 329 ta fermer xoʻjaligi dehqonchilik, 69 tasi chorvachilik, 16 tasi bogʻdorchilik bilan shugʻullanadi. Tumanda 22,5 ming ga yerga qishloq xoʻjaligi ekinlari ekiladi. Xoʻjayli tumanidagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarda qoramol, qoʻy va echki, yilqi, parranda boqiladi. Pillachilik bilan ham shugʻullaniladi.

Tumanda 72 umumiy taʼlim maktabi, 2 maxsus internat maktabi, mehribonlik uyi, 4 oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish markazi ishlab turibdi.

9 madaniyat uyi, 3 klub, xalq teatri, madaniyat va istirohat bogʻi, 35 kutubxona aholiga xizmat koʻrsatadi. 3 kasalxona, 5 poliklinika, 2 dispanser,10 qishloq vrachlik punkta, 4 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 14 feldsherakusherlik punkti, tez tibbiy yordam boʻlimi mavjud.

Tarixiy va meʼmoriy yodgorliklardan Mizdaxqon oʻrta asr shahri xarobasi, uning xududida Gabr qalʼa tepaligi, Jumard tepaligi, Antakiya shahar tepaligi (14-asr), Mazlumxon Suluv maqbarasi (13-asr oxiri — 14-asr boshi), Shamun Nabi maqbarasi, Rajab Xalifa uyi, Qirq choʻpon yodgorligi saqlangan.[2]

ManbalarTahrirlash

  1. ХЎЖАЙЛИ ТУМАНИ ҲОКИМИ
  2. "Xoʻjayli tumani" OʻzME. X-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil