Jizzax zilolateks aksiyadorlik jamiyati
JIZZAX "ZILOLATEKS" AKSIYADORLIK JAMIYATI - trikotaj (ust kiyim, bolalar kiyimi) mahsulotlari ishlab chiqaradigan sanoat korxonasi, "Oʻzbek yengilsanoat" davlat uyushmasi tizimida faoliyat koʻrsatadi. Korxona 1976-yilda Toshkent "Malika" trikotaj birlashmasi filiali negizida Jizzax sh.da tashkil qilingan. 1982-yilda Jizzax trikotaj birlashmasiga aylantirilgach, uning qoshida Hamroqul Nosirov nomidagi va "Marjonbuloq" tikuv f-kalari tashkil etilgan. 1994-yilda esa hozirgi nomdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning asosiy qismi OʻzR Ichki ishlar vazirligi, chegara qoʻshinlari, shuningdek, xalq taʼlimi tizimidagi korxona hamda muassasalarga yetkazib beriladi. Xom ashyo asosan Navoiy, Toshkent va Namangan viloyatlaridan keltiriladi. Korxona yiliga 3400 ming dona trikotaj mahsulotlari .i.ch. quvvatiga ega boʻlib, texnologiyalar Germaniya, Yaponiya, Ukraina va Rossiyadan keltirilgan. Jamiyat qoshida 1997-yildan nitron mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxona ishlaydi (yillik quvvati 270 t nitron). Korxona 2000-yil Fransiya (Parij)da boʻlib oʻtgan yengil sanoatchilar milliy assotsiatsiyasining oltin medali hamda sertifikati bilan taqdirlangan.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |