Valentin Jmakin
(Jmakin Valentin Ivanovichdan yoʻnaltirildi)
Valentin Ivanovich Jmakin (1928.5.3, Gorkiy viloyati) — rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1944—48), Moskva amaliy bezak sanʼati instituti (1948—52) va Badiiy sanoat oliy oʻquv yurti (1952—54)da taʼlim olgan. J. asarlari oʻzbek xalqi hayotidagi muhim voqealarni aks ettirgani bilan diqqatga sazovor, ularda obrazlar yorqin boʻyoqlarda, jonli ifodalangan. "Paranji tashlagan ayol" (1957), "Angren GRES qurilishi" (1958), "Industrial Oʻzbekiston" triptixi (hamkorlikda, 1957—60), "Hamza" (1960), "Hovli" (1970), "Eshelonlar" (1985) va b. kartinalar, shuningdek, Toshkentdagi jamoat binolariga ishlangan namoyonlar va mahobatli bezak sanʼatiga oid asarlar muallifi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |