João Diogo
João Diogo Gomes de Freitas (1988-yil 28-fevral,Funshal, Portugaliya) – João Diogo nomi bilan tanilgan portugaliyalik sobiq professional futbolchi, oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynagan[1].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | João Diogo Gomes de Freitas | ||
Tavallud sanasi | 28-fevral 1988-yil | ||
Tavallud joyi | Funshal, Portugaliya | ||
Boʻyi | 1.75 m | ||
Ampluasi | o'ng qanot himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1996−2007 | Marítimo | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2007–2015 | Marítimo B | 108 | (7) |
2011–2016 | Marítimo | 89 | (2) |
2016–2017 | Belenenses | 31 | (2) |
2018 | Gaz Metan Mediaș | 9 | (2) |
2019 | Farul Constanța | 17 | (1) |
2019 | Spartak Trnava | 16 | (0) |
2020–2021 | Estoril | 23 | (0) |
2021–2022 | Camacha | 14 | (0) |
2022 | Académica | 12 | (0) |
2022 | Cruzado Canicense | 7 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2009 | Portugal U21 | 4 | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Klubdagi faoliyati
tahrirMarítimo
tahrirJoão Diogo Funshal shahrida tugʻilgan, 1996-yil 8 yoshida mahalliy „Marítimo“ klubining yoshlar jamoasiga qoʻshilgan. Diogo birinchi toʻrt mavsumining katta qismini zaxirada, uchinchi divizionda oʻtkazgan.
João Diogo Primeira ligasidagi debyutini 2012-yil 13-yanvarda madeyraliklar safida oʻtkazgan. Diogo „Paços de Ferreira“ klubiga qarshi safardagi oʻyinda toʻliq 90 daqiqa maydonida toʻp surgan va uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan[2]. Bu mavsumda Diogo ligada atigi ikki marta maydonga tushgan va bunda ikkinchi oʻyin ham „Paços de Ferreira“ klubiga qarshi boʻlgan[3].
2013—2014-yilgi mavsumdan boshlab João Diogo oʻz pozitsiyasida Maritimoning asosiy tanloviga aylangan. 2015 va 2016-yillarda Coimbra shahrida oʻtkazilgan Taça da Liga finallarida Benfika klubiga qarshi oʻynagan va gol urgan. Biroq, ikkala oʻyinda ham magʻlubiyatga uchragan (birinchisida 2:1, ikkinchisida esa 6:2 hisobida)[4][5].
Belenenses
tahrir2016-yil 25-may kuni João Diogo „Belenenses“ klubi bilan shartnoma imzolagan.[6] Diogo oʻzining birinchi mavsumida 31 ta oʻyinda maydonga tushgan, ikki marta gol urgan va klubiga 14-oʻrinni egallashga yordam bergan[7][8].
João Diogo keyingi mavsum boshida jarohat tufayli maydonga tusha olmagan. Diogo 2017-yil dekabr oyi oxirida „Belenenses“ klubi bilan tuzilgan shartnomasini bekor qilgan[9].
Ruminiya
tahrir2018-yil yanvar oyida João Diogo Ruminiya birinchi ligasida ishtirok etuvchi „CS Gaz Metan Mediaș“ klub safiga qoʻshilgan[10]. Keyingi yilning 7-fevralida Diogo xuddi shu mamlakatning Liga II turnirida ishtirok etuvchi sobiq Ruminiya terma jamoasi futbolchisi Ciprian Maricaga tegishli boʻlgan „FCV Farul Constanța“ klubi bilan shartnoma imzolagan[11].
Milliy terma jamoadagi faoliyati
tahrirJoão Diogo Portugaliyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida oʻynagan va 2009-yilgi Lusofoniya oʻyinlarida milliy terma jamoa safida oʻynagan.
Manbalar
tahrir- ↑ „João Diogo“. maisfutebol. Qaraldi: 2024-yil 12-noyabr.
- ↑ „Empate foi mal menor“ (pt). Diário de Notícias (2012-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 19-yanvar.
- ↑ „Marítimo e Paços de Ferreira terminam época com empate“ (pt). TSF (2012-yil 12-may). Qaraldi: 2018-yil 19-yanvar.
- ↑ Lopes, Octávio. „Benfica conquista 6.ª Taça da Liga“ (pt). Correio da Manhã (2015-yil 29-may). Qaraldi: 2016-yil 20-may.
- ↑ „Depois do "tri", o "hepta". Benfica goleia e vence Taça da Liga“ (pt). Rádio Renascença (2016-yil 20-may). Qaraldi: 2016-yil 21-may.
- ↑ „João Diogo reforça Belenenses“ (pt). Mais Futebol (2016-yil 25-may). Qaraldi: 2016-yil 1-iyun.
- ↑ Castro. „Boavista-Belenenses, 0–1 (destaques)“ (pt). Mais Futebol (2017-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 19-yanvar.
- ↑ „Moreirense empata no Restelo. Manutenção a dois pontos“ (pt). Rádio Renascença (2017-yil 12-may). Qaraldi: 2018-yil 19-yanvar.
- ↑ „João Diogo rescindiu com o Belenenses“ (pt). O Jogo (2017-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 19-yanvar.
- ↑ Santos. „Madeirense João Diogo na Roménia“ (pt). RTP Madeira (2018-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 3-aprel.
- ↑ Anghel, Marius. „Primele "lovituri" din cariera de patron a lui Ciprian Marica! Trei jucători "peste medie" vin la Farul: unul dintre ei e fost campion al României“ (ro). ProSport (2019-yil 7-fevral). Qaraldi: 2019-yil 7-fevral.