Joʻja (qushlar)
Joʻja — qushlarning bolalik davri, tuxumdan chiqqandan to jinsiy voyaga yetgungacha boʻlgan davr. Tuxumdan chiqqan J.ning rivojlanish darajalariga binoan qushlar J. ochuvchi va jish joʻja (palapon) ochuvchi guruhlarga boʻlinadi. Joʻja ochuvchi kuiiar tuxumidan chiqqan joʻjalarining koʻzi ochiq, tanasi pat bilan qoplangan, mustaqil yurish qobiliyatiga ega. Bu guruhga tuyaqushlar, tovuqsimonlar, suv-moshaklar kiradi. Jish joʻja ochuvchi qushlar palaponi ojiz, koʻzi yumuq, tanasi yalangʻoch boʻlib, ularni uzoq vaqt ota-onasi boqadi. Bu guruhga chumchuqsimonlar, qizilishtonlar, qaldirgʻochlar va b. kiradi. Boyqushlar va kunduzgi yirtqichlar jish joʻja ochuvchi boʻlsa ham palaponlari pat bilan qoplangan va koʻzi ochiq boʻladi. Turli qushlarda joʻjalik davri ham turlicha, mas, mayda chum-chuqsimonlarda 8—12 oy, kunduzgi yirt-qichlarda 1 yildan ortiq, yirik qushlar — baliqchilar, gagaralar, burgutlar, gʻoalarda 3 yilgacha.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |