Joʻrabek Hamroqulov
Djurabek Shaxobovich Xamrakulov (1988-yil 12-iyulda tugʻilgan, Samarqand) — oʻzbek shaxmatchisi, grossmeyster (2018).
Joʻrabek Shaxobovich Hamroqulov | |
Tugʻilgan sanasi: | 1988-yil 12-iyul |
Tugʻilgan joyi: | Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Unvoni: | grossmeyster (2018)
Xalqaro shaxmat ustasi (2007) |
5 yoshidan shaxmat oʻynagan. Otasi uning birinchi murabbiyi boʻlgan.
Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti bitiruvchisi.
1997 va 2008-yillar oraligʻida 12 marta yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempioni boʻlgan.
1998-yil Osiyo chempionatining kumush medali (Eron) sovrindori boʻlgan.
2004-yilda Jahon yoshlar olimpiadasida (Hindiston) bronza medali sovrindori boʻlgan.
Uch karra Oʻzbekiston chempioni (2008, 2009, 2013).
Terma jamoa tarkibida 3 ta Olimpiada ishtirokchisi (2008-2012).
Sport natijalari
tahrirYil | Shahar | Turnir | + | − | = | Natija | Oʻrin |
---|---|---|---|---|---|---|---|
2008-yil | Drezden | 38-Olimpiada | 4 | 3 | 2 | 9 dan 5 | |
2009-yil | Toshkent | Oʻzbekiston chempionati | 6 | 0 | 5 | 11 dan 8½ | [1] |
2010-yil | Xanti-Mansiysk | 39-Olimpiada | 2 | 2 | 5 | 9 dan 4½ | |
2012-yil | Istanbul | 40-Olimpiada | 2 | 4 | 2 | 8 dan 3 | |
2017-yil | „3rd Ordu Metropolitan Municipality Award Winning Chess Tournament — A“ | 4 | 0 | 5 | 9 dan 6½ | [2] | |
2018-yil | Grinsboro | „2018 U.S. Masters Championship“ | 4 | 0 | 5 | 9 dan 6½ | [3] |