Joanna Bethune (1770-1860-yil) – Shotlandiya-Kanadalik filantrop, pedagog va turli xayriya tashkilotlarining asoschisi. U XIX asrning birinchi yarmida ayollar va bolalarga yordam berishga qaratilgan xayriya tashkilotlarining rivojlanishiga mas’ul boʻlgan.

Bolalik va yoshlik davri

tahrir

Joanna Graham Bethune 1770-yil 1-fevralda Kanadadagi Fort Niagarada Izabella va doktor Jon Grem oilasida tugʻilgan. 1773-yilda doktor Grem vafotidan keyin Bethune oilasi bilan Shotlandiyaga koʻchib oʻtdi va u yerda onasi qoʻlida tarbiyalandi[1]. Bethune Paisley va Edinburg maktablarida oʻn uch yoshga toʻlgunga qadar oʻqigach, oʻqishini Rotterdamdagi fransuz maktabida davom ettirgan va buning uchun onasining dugonasi moddiy yordam berdi. Oʻqituvchilikni oʻrgangach, u oilasi bilan yana Nyu-Yorkka koʻchib oʻtgan va 19 yoshida onasining maktabida oʻqituvchilik qilishni boshladi[2].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Bethune chuqur dindor nasroniy boʻlib, Cedar koʻchasidagi presviterian cherkovining aʼzosi edi[1]. U oʻzining diniy burchlariga shu qadar jiddiy yondashardiki, uni cherkovga „ortiqcha“ qatnagani uchun tanqid qilgan erkakka rad javobini beradi. Onasining taklifiga koʻra, u Divie Bethune ismli shotlandiyalik savdogarga turmushga chiqdi. Joanna singari, Divie ham dindor nasroniy edi[2].

Turmushga chiqqanidan keyin Bethune eʼtiborini xayriya ishlariga qaratdi. U onasiga Yosh bolali kambagʻal beva ayollarga yordam berish jamiyatini ochishda yordam bergani uning xayriyachi sifatidagi eng dastlabki ishi edi[3]. Erining moliyaviy yordami bilan u muhtoj bolalarga yordam berish uchun oʻz tashkilotlarini ochishga muvaffaq boʻldi[2]. Divie Joannani xayriya tashkilotlari, maktablar ochish va boshqarishida qoʻllab-quvvatlashda davom etdi. Er-xotinning oltita farzandi bor edi[4], ulardan uchtasi balogʻat yoshiga etgan edi: Jessie, Isabella va George[1].

Bethunening eri 1824-yil 18-sentyabrda vafot etdi[5], Bethunening oʻzi esa 1860-yil 29-iyulda dunyodan koʻz yumdi[2].

Tashkilotlari va yutuqlari

tahrir

Yetimlar boshpanasi jamiyati (Orphan Asylum Society)

tahrir

Bolalarga yuboriladigan sadaqaxonalardagi yomon sharoitlarni koʻrib, Bethune bolalarni tarbiyalash va oʻqitish uchun boshpana yaratish gʻoyasini oʻylab topdi. Erining koʻmagi va moliyaviy yordami bilan u bolalarga gʻamxoʻrlik qilish uchun yaxshi sharoitlarga ega boʻlgan yetimlar boshpana jamiyatini ochishga yordam berdi[2]. Jamiyatning asosiy maqsadi yetim bolalar uchun xavfsiz, toza yashash muhitini taʼminlash va ularni barcha singari jamiyatga hissa qoʻshishga oʻrgatish edi[2].

Yosh bolalar maktabi jamiyati (Infant School Society)

tahrir

1827-yil iyul oyida Bethune Nyu-Yorkdagi birinchi yosh bolalar maktabini ochdi va maktabning nazoratchisi boʻlib faoliyat yuritdi[2].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Benson, Mary S. „Bethune, Joanna Graham“, . Notable American women, 1607-1950; a biographical dictionary. Belknap Press of Harvard University Press, 1971 — 138–140-bet. ISBN 0-674-62731-8. OCLC 167545. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 Becker, Dorothy G. (1987). "Isabella Graham and Joanna Bethune: Trailblazers of Organized Women's Benevolence" (en). Social Service Review 61 (2): 319–336. doi:10.1086/644443. ISSN 0037-7961. https://www.journals.uchicago.edu/doi/10.1086/644443. 
  3. Gilman, Amy (1984). "From Widowhood to Wickedness: The Politics of Class and Gender in New York City Private Charity, 1799-1860". History of Education Quarterly 24 (1): 59–74. doi:10.2307/367993. ISSN 0018-2680. https://www.jstor.org/stable/367993. 
  4. Miller, Page Putnam (1998). "Women in the Vanguard of the Sunday School Movement". The Journal of Presbyterian History (1997-) 76 (1): 45–54. ISSN 1521-9216. https://www.jstor.org/stable/23335341. 
  5. Townsend, Lucy Forsyth „Graham, Joanna Bethune“, . European immigrant women in the United States : a biographical dictionary. Garland Pub, 1994 — 21–23-bet. ISBN 0-8240-5306-0. OCLC 30814407.