João Manuel Gonsalves Lourenço (1954-yil 5-martda tugʻilgan) – Angolalik siyosatchi, 2017-yil 26-sentyabrdan buyon Angolaning prezidenti[3]. Avvalroq u 2014—2017-yillarda mudofaa vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 2018-yil sentabrida u hukmron partiya boʻlmish Angola ozodligi uchun xalq harakati (MPLA) raisi boʻlgan. 1998—2003-yillarda partiyaning bosh kotibi sifatida ishlagan.

Joau Lourenço
João Lourenço

Lourenço 2023-yilda
3-Angola Prezidenti
Mansab davri
26-sentabr 2017-yil
Vitse-prezident Bornito de Sousa
Esperança da Costa
Milliy mudofaa vaziri
Mansab davri
22-aprel 2014-yil – 24-iyul 2017-yil
Prezident José Eduardo dos Santos
Oʻtmishdoshi Cândido Pereira dos Santos Van-Dúnem
Vorisi Salviano de Jesus Sequeira
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 5-mart 1954-yil
Luanda, Angola
Siyosiy partiyasi MPLA
Turmush oʻrtogʻi Ana Afonso Dias
Bolalari 6
Taʼlim Luanda sanoat instituti
Lenin nomidagi oliy akademiyasi
Taxallus(lar)i Ti Mimoso[1], JLo[2]

2010-yilgi Konstitutsiyaga koʻra, „umumiy saylovlarda eng koʻp ovoz olgan siyosiy partiya yoki siyosiy partiyalar koalitsiyasining milliy roʻyxatini boshqargan shaxs Respublika prezidenti va Ijroiya rahbari etib saylanadi“ (109-modda)[4][5]. MPLA 150 oʻrinning koʻpini qoʻlga kiritgach, Lourenço avtomatik ravishda 38 yil davomida hokimiyatda boʻlgan José Eduardo dos Santosning oʻrniga Angola prezidenti boʻldi. Lourenço 2017-yil 26-sentyabrda rasman qasamyod qildi[6].

Yoshligi

tahrir

Lourenço 1954-yilda oʻn farzandli siyosatchi oilasida tugʻilgan. Uning otasi Sequeira João Lourenço (1923–1999)[7] millatchi boʻlib, noqonuniy siyosiy faoliyati uchun Portugaliya Angolasida uch yil qamoq jazosini oʻtagan[8]. Uning onasi Josefa Gonçalves Cipriano Lourenço (1928–1997)[9] namibelik tikuvchi boʻlgan[10]. U Bie provinsiyasi hamda Luandada boshlangʻich va oʻrta taʼlimni portugal tilida olgan[11].

Taʼlimi va harbiy faoliyati

tahrir

Lourenço Luanda sanoat institutida tahsil oldi va keyinchalik 1974-yil avgust oyida Ponta Negrada[12] ozodlik kurashida qatnashdi.

U harbiy faoliyatini Angola mustaqillik urushida portugallarga qarshi kurashdan boshlagan va Angola fuqarolar urushida MPLA aʼzosi sifatida jang qilgan. Lourenço artilleriya boʻyicha mashgʻulotlarni olib borgan va keyin MPLAda siyosiy ofitser boʻlgan. 1978-yilda Lourenço Sovet Ittifoqiga borib, Lenin nomidagi Harbiy-siyosiy akademiyada tahsil oldi, u yerda harbiy tayyorgarligini oshirdi va tarix fanlari boʻyicha magistrlik darajasini tamomladi[13]. Keyinchalik u 1982-yilda Angolaga qaytib keldi. 1984-yilda Moxiko provinsiyasi gubernatori etib tayinlandi[14].

Siyosiy faoliyati

tahrir
 
Lourenço 2018-yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan
 
Lourenço 2018-yilda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan

Lourenço 2003-yildan 2014-yilgacha Milliy Assambleyaning birinchi vitse-prezidenti boʻlgan. 2014-yil aprel oyida Mudofaa vaziri lavozimini egallagan[15] va 2016-yil avgust oyida MPLA vitse-prezidenti etib tayinlangan. 2018-yil sentyabr oyida u Jose Eduardo dos Santos oʻrniga MPLA raisi boʻldi[16].

2016-yil dekabr oyida MPLA Lourençoni 2017-yilgi qonunchilik saylovlarida partiyaning eng yaxshi nomzodi sifatida belgiladi[17]. U 2017-yilning 23-avgustida Angola Prezidenti etib saylandi va 26-sentabrda oʻz lavozimiga kirishdi. Lourenço mamlakat tarixidagi uchinchi prezident boʻlgan. 2018-yil 8-sentyabrda u 1975-yildan beri Angolaning hukmron partiyasi boʻlgan MPLA prezidenti etib saylandi va 5-partiya yetakchisiga aylandi.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Lourenço MPLA parlamenti aʼzosi va sobiq rejalashtirish vaziri (Minister of Planning) Ana Afonso Dias Lourenço bilan oila qurgan. U Vashingtondagi Jahon bankida 2016-yil oktyabrigacha ishlagan. Ularning olti farzandi bor va ularning barchasi hozirda MPLAda faol[18]. Mahalliy Umbundu va portugal tilidan tashqari, u rus, ispan va ingliz tillarini biladi[19]. U xalq orasida „Ti Mimoso“[1] va „JLo“ laqablari bilan ham tanilgan.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Catarina Machado. „Luaty Beirão está 'malaikeʼ com exoneração de Isabel dos Santos.“ (Wayback Machine saytida 1 September 2021 sanasida arxivlangan) TVI 24. 16 November 2017. Retrieved 30 August 2021. (portugalcha)
  2. „Joao Lourenco: Can 'Angola's JLo' fill Dos Santos' shoes?“. BBC News (2017-yil 25-avgust). 2017-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-avgust.
  3. Eisenhammer, Stephen. „Angola's first new president in 38 years vows to fight graft“. Reuters (2017-yil 26-sentyabr). 2018-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-sentyabr.
  4. „Angola's Constitution of 2010“ (en). Oxford Constitutional Law (Oxford University Press) (2017-yil 6-iyun). 2018-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-sentyabr.
  5. „Constituição da Républica de Angola“ (pt). World Intellectual Property Organisation. 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-sentyabr.
  6. „Angola swears in Lourenco, first new president for 38 years“ (en-US). News24. 2021-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  7. „Sequeira João Lourenço, 1923 – 1999“. My Heritage. 2017-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
  8. „Angola : qui est Joao Lourenço, l'ancien général désigné comme successeur de Dos Santos ?“ (fr). Jeune Afrique (2017-yil 4-fevral). 2022-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-avgust.
  9. „Josefa Gonçalves Cipriano Lourenço (born Cipriano), 1928 – 1998“. My Heritage. 2017-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
  10. „Huíla: João Lourenço entre en pré-campagne“ (fr). Agência Angola Press (2017-yil 18-fevral). 2017-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-avgust.
  11. „JOÃO LOURENÇO COMANDA CAMPANHA DO "M"“ (pt). OPAÍS (2017-yil 10-fevral).[sayt ishlamaydi]
  12. Refers to the Ponta Negra in Angola; not to be confused with the city with a similar name in Brazil.
  13. Steven Mufson. „Quem é João Lourenço, o homem que irá suceder a José Eduardo dos Santos?“ (pt). OBS (2017-yil 18-fevral). 2017-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-avgust.
  14. „Angola's new 'president in waiting'“. Deutsche Welle (2017-yil 3-fevral). 2019-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.
  15. „Angola: Presidente nomeia João Lourenço para ministro da Defesa Nacional“ (pt). Agência Angola Press (2014-yil 22-aprel). 2018-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-avgust.
  16. „Ex-Angola president dos Santos quits last political post“ (en). Africanews. 2019-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-sentyabr.
  17. Herculano Coroado, „Angolaʼs Dos Santos not up for re-election in 2017 – party document“, Reuters, 3 December 2016.
  18. (www.dw.com). „Who is Angola's new president Joao Lourenco? | Africa | DW | 26 September 2017“ (en). DW.COM. 2017-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-noyabr.
  19. „Angola's President Dos Santos anoints deputy Lourenco“ (en-gb). BBC News (2017-yil 3-fevral). 2021-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
Siyosiy idoralar
Oldingisi
Celestino Figueiredo Tchinhama Faísca
Moxiko viloyati komissari
1983–1986
Keyingisi
Jaime Baptista Ndonge
Oldingisi Benguela viloyati komissari
1986–1989
Keyingisi
Oldingisi
Cândido P. dos Santos Van-Dúnem
Mudofaa vaziri
2014–2017
Keyingisi
Salviano de Jesus Sequeira Kianda
Oldingisi Angola prezidenti
2017–present
Amaldagi