Bosh menuni ochish

LuandaAngola poytaxti. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Luanda provinsiyasining maʼmuriy markazi. Atlantika okeani sohilida, Kvanza daryosi quyilishi yaqinida joylashgan. Aholisi 2 mln. kishidan ziyod (1990-yillar oxirlari). Iqlimi tropik, sernam iqlim, aprel oyidagi eng yuqori temperatura 33°, iyuldagi eng past temperatura 16,5°; yiliga 250–500 mm yogʻin yogʻadi, Transport yoʻllari tuguni. Yirik port (chetga neft va neft mahsulotlari chikariladi; yillik yuk ortib-tushirish qariyb 3 mln. t). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega.

Mamlakatdagi ishlab beruvchi sanoat mahsulotining 50% dan ortigʻi Luandada ishlab chiqariladi. Neftni qayta ishlash, kimyo, rezina-texnika, toʻqimachilik, oziq-ovqat, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish asosiy sanoat tar-moqlari hisoblanadi. Luanda yaqinidan neft olinadi. Universitet, kutubxonalar, Angola va Dundu muzeylari bor. Shaharga 1575 yilda portugallar tomonidan asos solingan. 16-asr oxirlaridan Luanda Portugaliyaning Angoladagi mustamlakasining maʼmuriy markazi va muhim bazasi boʻlgan. 18—19-asrlarda qul savdosining yirik markazi hisoblangan. Mustamlakachilik davri (17 — 18-asrlar)da qurilgan meʼmoriy yodgorliklar salangan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil