Jobir ibn Xayyom
(Jobir Ibn Xayyomdan yoʻnaltirildi)
Jobir ibn Xayyom (taxminan 721-813) — arab olimi. Turli sohalarda asarlar yozgan; ayniqsa alkimyoga doyr kitoblari mashhur. J.i.X. metallarning paydo boʻlish nazariyasini ishlab chiqqan (qarang Alkimyo). Uning asarlarida moddalarni xaydash, eritish, kristallash va b. amaliy ishlarning tasviriga katta oʻrin berilgan. Shuningdek, koʻp kimyoviy preparatlar (maye, achchiqtosh, toʻtiyo, kumush nitrat, novshadil, sulema va boshqalar)ni olish, metallarni eritish, gazlamalarni boʻyash usullari aniq bayon qilingan.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |