Jochen Thomas Hecht (talaffuzi: Yoxen Tomas Hecht) (1977-yil 21-iyunda tugʻilgan) — nemis xokkey murabbiyi va sobiq professional xokkeychisi. Jochen Hecht 2022-yilning mart oyidan buyon „Adler Mannheim“ xokkey klubida yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelmoqda.

Hecht (2022)
Tugʻilgan joyi 21-iyun 1977-yil (1977-06-21) (46 yosh)
Mannheim, Germaniya
Boʻyi 6 ft 1 in (185 cm)
Ogʻirligi 198 lb (90 kg; 14 st 2 lb)
Pozitsiyasi chap qanot
Maydondagi joylashgan oʻrni chap tomon
Oʻynagan jamoalari Adler Mannheim
St. Louis Blues
Edmonton Oilers
Buffalo Sabres
Milliy jamoa  Germaniya
NHLga kirish drafti 49-oʻrindagi tanlov, 1995
St. Louis Blues
Jamoalardagi faoliyat 1994—2016

Jochen Hecht Milliy Xokkey Ligasidagi (NHL) „St. Louis Blues“, „Edmonton Oilers“ va „Buffalo Sabres“ xokkey klublari uchun 833 ta oʻyin oʻtkazdi. U, shuningdek, Deutsche Eishockey Liga (DEL) vakili „Adler Mannheim“ xokkey klubi bilan faoliyatini boshladi va tugatdi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati tahrir

Jochen Hecht Germaniya milliy xokkey terma jamoasi bilan 2002-yilda Yuta shtatining Salt Lake City shahrida boʻlib oʻtgan qishki Olimpiada oʻyinlarida toʻrtta oʻyinda maydonga tushdi. Yakunda Germaniya milliy xokkey terma jamoasi sakkizinchi oʻrinni egalladi. Jochen Hecht ushbu musobaqada bitta gol va bitta golli uztmani oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi. Jochen Hecht 2006-yili Italiyaning Turin shahrida boʻlib oʻtadigan qishki Olimpiya oʻyinlari uchun Germaniya milliy xokkey terma jamoasi tarkibiga kiritilgan edi. Biroq, u Olimpiya tanaffusidan oldin NHLdagi soʻnggi oʻyinida jarohat oldi va terma jamoada oʻynay olmadi. Jochen Hecht 1994—1997-yillarda Germaniya milliy xokkey terma jamoasi safida toʻrtta oʻsmirlar oʻrtasidagi xokkey boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etdi[1] va shveysariyalik Björn Christen bilan birga xokkey boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻynagan oʻyinlari boʻyicha rekord oʻrnatdi[2].

Murabbiylik faoliyati tahrir

Jochen Hecht 2016-yil 2-avgustda „Adler Mannheim“ xokkey klubi uchun oʻyinchilarni rivojlantirish boʻyicha murabbiy etib tayinlandi[3]. Jochen Hecht 2016-yilgi Germaniya kubogi vaqtida Germaniya erkaklar milliy xokkey terma jamoasi bosh murabbiyi Marco Sturmning yordamchisi boʻlib ishlagan edi[4]. 2017-yil iyul oyida Jochen Hecht „Adler Mannheim“ xokkey klubida[5] yordamchi murabbiy lavozimiga koʻtarildi va 2018-yilning may oyida murabbiylik litsenziyalarini olish uchun klub bilan xayrlashdi[6]. Jochen Hecht Germaniya televideniesida xokkey boʻyicha ekspert sifatida ham ishlagan va 2022-yil 29-martda u „Adler Mannheim“ xokkey klubiga yordamchi murabbiy sifatida qaytgan edi[7].

Karyera statistikasi tahrir

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari tahrir

Muntazam mavsum Playoffs
Mavsum Klub Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
1993—1994 Mannheimer ERC DEU U20 28 27 13 40 103
1994—1995 Adler Mannheim DEL 43 11 12 23 68 10 5 4 9 12
1995—1996 Adler Mannheim DEL 44 12 16 28 68 8 3 2 5 6
1996—1997 Adler Mannheim DEL 46 21 21 42 38 10 1 1 2 14
1997—1998 Adler Mannheim DEL 45 8 21 29 42 10 2 1 3 14
1998—1999 Worcester IceCats AHL 74 21 35 56 48 4 1 1 2 2
1998—1999 St. Louis Blues NHL 3 0 0 0 0 5 2 0 2 0
1999—2000 St. Louis Blues NHL 63 13 21 34 28 7 4 6 10 0
2000—2001 St. Louis Blues NHL 72 19 25 44 48 15 2 4 6 4
2001—2002 Edmonton Oilers NHL 82 16 24 40 60
2002—2003 Buffalo Sabres NHL 49 10 16 26 30
2003—2004 Buffalo Sabres NHL 64 15 37 52 49
2004—2005 Adler Mannheim DEL 48 16 34 50 151 14 10 10 20 14
2005—2006 Buffalo Sabres NHL 64 18 24 42 34 15 2 6 8 8
2006—2007 Buffalo Sabres NHL 76 19 37 56 39 16 4 1 5 10
2007—2008 Buffalo Sabres NHL 75 22 27 49 38
2008—2009 Buffalo Sabres NHL 70 12 15 27 33
2009—2010 Buffalo Sabres NHL 79 21 21 42 35
2010—2011 Buffalo Sabres NHL 67 12 17 29 40 1 0 1 1 0
2011—2012 Buffalo Sabres NHL 22 4 4 8 6
2012—2013 Adler Mannheim DEL 6 5 8 13 8
2012—2013 Buffalo Sabres NHL 47 5 9 14 18
2013—2014 Adler Mannheim DEL 49 15 21 36 62 5 0 1 1 4
2014—2015 Adler Mannheim DEL 35 11 9 20 44 15 3 12 15 14
2015—2016 Adler Mannheim DEL 40 6 19 25 108 3 1 0 1 8
DEL jami 356 105 161 266 589 75 25 31 56 86
NHL jami 833 186 277 463 458 59 14 18 32 24

Xalqaro tahrir

Yil Jamoa Tadbir   GP G A Pts PIM
1994 Germaniya WJC 7 0 0 0 4
1994 Germaniya EJC 5 6 2 8 18
1995 Germaniya WJC 7 5 3 8 18
1995 Germaniya EJC 5 3 3 6 18
1996 Germaniya WJC 6 1 4 5 18
1996 Germaniya WC 6 1 2 3 8
1996 Germaniya WCH 4 1 0 1 2
1997 Germaniya WJC 6 0 2 2 4
1997 Germaniya WC 8 2 0 2 6
1998 Germaniya OG 4 1 0 1 6
1998 Germaniya WC 6 1 1 2 2
2002 Germaniya OG 4 1 1 2 2
2004 Germaniya WC 6 3 0 3 4
2004 Germaniya WCH 4 1 0 1 2
2005 Germaniya WC 6 3 1 4 6
2009 Germaniya WC 6 1 0 1 4
2010 Germaniya OG 4 0 1 1 2
Oʻsmirlar 36 15 14 29 80
Kattalar 58 15 6 21 44

Manbalar tahrir

  1. Jochen Hecht national team stats at quanthockey.com
  2. World Junior Ice Hockey Championship all-time games played leaders at quanthockey.com
  3. „ADLER Mannheim“. adler-mannheim.de. 3-avgust 2016-yilda asl nusxadan [nr=5030 arxivlangan]. Qaraldi: 3-avgust 2016-yil.
  4. e.V. „Nationalmannschaft: Zwei Debütanten beim Deutschland Cup | Deutscher Eishockey-Bund e.V.“. www.deb-online.de. Qaraldi: 20-oktabr 2016-yil.
  5. „ADLER Mannheim“ (olmoncha). www.adler-mannheim.de. 2017-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-avgust 2017-yil.
  6. „Co-Trainer Jochen Hecht verlässt die Adler Mannheim vorerst“ (olmoncha). www.eishockeynews.de. Qaraldi: 4-may 2018-yil.
  7. „Eishockey - DEL: Adler Mannheim feuern Meistertrainer Gross - Stewart übernimmt - auch ranNHL-Experte dabei“ (olmoncha). www.ran.de (28-mart 2022-yil). Qaraldi: 28-iyul 2022-yil.