Yuta
Yuta — AQShning gʻarbiy qismidagi shtat. Maydon 219,9 ming km². Aholisi 2,31 mln. kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Solt Leyk Siti (Salt Lake City) shahri. AQSh ittifogʻiga 4 yanvar 1896 yilda kirgan. Hududining katta qismini togʻ tizmalari (eng baland joyi 4123 m) va chuqur daralar bilan kesilgan choʻl landshaftli yassitogʻlik egallaydi. Sharqda Qoyali togʻlarga tutashib ketgan. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —2° dan —4° gacha, iyulniki 17—20°. Yillik yogʻin 250–400 mm. Asosiy daryosi — Kolorado. Koʻl koʻp; eng yirigi — Katta Shoʻr koʻl. Aholi, asosan, vohalarda yashaydi. Xoʻjaligida konchilik va qishloq xoʻjaligi yetakchi. Yuta mahsulotlarining 75%ni chorvachilik beradi. Sugʻoriladigan yerlarda qand lavlagi, sabzavotlar yetishtiriladi. Foydali qazilmalardan neft, tabiiy gaz, toshkoʻmir, mis, polimetallar, oltin, temir va uran rudalari qazib olinadi. Asosiy sanoat tarmoqlari: rangli va qora metallurgiya. Neftni qayta ishlash, kimyo, oziq-ovqat, radioelektronika sanoati korxonalari mavjud. Raketa, qishloq xoʻjaligi jihozlari ishlab chiqariladi.[1]
| |||||
---|---|---|---|---|---|
| |||||
Shtat laqabi: Asalari qutisi shtati | |||||
![]() | |||||
Poytaxt | Salt Lake City | ||||
Eng yirik shaharlar | Salt Lake City West Valley City Provo | ||||
Maydon - Butun |
AQSh: 13-oʻrinda 219,887 km² | ||||
Aholi - Butun (2011) |
AQSh: 34-oʻrinda 2,469,585 | ||||
YShM |
AQSh: 33-oʻrinda $82,611 mil. | ||||
Ittifoqqa kirish - Sana |
45-boʻlib 4 yanvar 1896 | ||||
Vaqt | UTC-7 (MST) / -5 (EST) | ||||
Qisqartma | UT [49] | ||||
Shtat guli | Sego lily | ||||
Shtat daraxti | Blue Spruce |
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |