Neftni qayta ishlash sanoati — ogʻir sanoat tarmogʻi, neftni kayta ishlash hamda neft mahsulotlari ishlab chiqarishni qamraydi. Neftdan turli mahsulotlar olish qadimdan maʼlum boʻlsada neft konlarini qidirish, undan sanoat usulida qimmatbaho mahsulotlar olish 19-asrning 1-yarmida paydo boʻldi. Oʻzbekistonda Neftni qayta ishlash sanoatii.s.ning toʻngʻich korxonasi Van-novsk (hozirgi Oltiariq) neft zavodi 1904-yilda ishga tushirilgan.

Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Oʻzbekistonda yangi neft konlari ochilishi bilan Neftni qayta ishlash sanoatii.s. jadal surʼatlar bilan rivojlandi, texnika darajasi va ishlab chiqarish koʻlami oʻsdi. 1959-yilda Fargʻona neftni qayta ishlash zavodining 1nav-bati ishga tushirildi. Koʻkdumaloq neft-gaz koni ochilganidan keyin Fransiyaning TEKNEP firmasi bilan hamkorlikda Buxoro viloyatining Qo-rovulbozor tumanida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 1996-yilda qurib bitkazildi. 1997-yilda yuqori sifatli surkov moylari ishlab chiqarish ga ixtisoslashgan Oʻzbekiston—AQSH "Oʻz-Teksako" qoʻshma korxonasi tashkil etildi. 2000-yilda Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi toʻliq taʼmirlandi. Mazkur zavod surkov moylari va yonilgʻi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, ishlab chiqarish boʻyicha 30 dan ortiq tex-nologik qurilmaga ega, Oltiariq neft zavodi esa yonilgʻi yoʻnalishida.

Neftni qayta ishlash zavodlarida yuqori oktanli benzin (shu jumladan, B-92 aviabenzini), dizel yonilgʻisi, koks, parafin, motor moylariga qoʻshilmalar, yengil avtomashinalar uchun motor va surkov moylari (kompressor, turbina, ur-chuq moylari), kerosin, bitum, mazut kabi 50 turdan ortiq neft mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yangi mahsulot turlari ishlab chiqarishni oʻzlashtirish dasturiga muvofiq yangi texnologiyalar oʻzlashti-rilmoqda. Keyingi yillarda mamlakatimizda neft (gaz kondensata bilan bir-ga) kazib olish hajmi keskin oshirildi. Neftni qayta ishlash sanoatii.s. AQSH, Yaponiya, Germaniya, Italiya va Buyuk Britaniyada, ayniqsa, rivojlangan (yana qarang Yoqilgʻi sanoati, Neft sanoati).

Abdurahim Ortiqov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil