Joel Chukwuma Obi (talaffuzi:  Djoel Chukvuma Obi) (1991-yil 22-mayda tugʻilgan) — Joel Obi nomi bilan tanilgan, nigeriyalik professional futbolchi. Joel Obi Italiya B Seriyasining vakili „Reggina“ klubi va Nigeriya milliy futbol terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Joel Obi
Obi Inter klubi bilan 2011-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Joel Chukwuma Obi
Tavallud sanasi 22-may 1991-yil (1991-05-22) (33 yosh)
Tavallud joyi Lagos, Nigeriya
Boʻyi 1.77 m[1]
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Reggina
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005-2010 Internazionale
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010-2015 Internazionale 50 (1)
2013-2014Parma (ijara) 8 (0)
2015-2018 Torino 52 (6)
2018-2021 Chievo 71 (6)
2019Alanyaspor (ijara) 2 (0)
2021-2022 Salernitana 21 (0)
2022- Reggina 0 (0)
Milliy terma jamoa
2011- Nigeriya milliy futbol terma jamoasi 17 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 27-iyun, 08:36 (utc) uchun)

Klublardagi oʻyin faoliyati

tahrir
 
Joel Obi „Inter“ bilan

Daniele Bernazzani boshchiligida 2008-yilda „Allievi Nazionali“ klubi U-17 chempionatida gʻolib chiqqanidan soʻng, Joel Obi "Primavera" („Inter“ klubining yoshlar jamoasi sektori) tarkibiga oʻtdi va u yerda uch yil ichida 40 dan ortiq oʻyinda maydonga tushib, oltita gol urdi.

2009-yilda Joel Obi José Mourinhoning eʼtiboriga tushdi va vaqti-vaqti bilan „Internazionale Milano“(Inter) klubining asosiy jamoasiga chaqirila boshladi. 2010-yilda, hatto oʻynamagan boʻlsa ham, Joel Obi "Bayern Munich" klubiga qarshi UEFA Chempionlar ligasi finalida gʻalaba qozongan klubning „A“ toifadagi futbolchilar roʻyxatiga kiritilgan.

2010-yilning yozida Rafael Benitez Joel Obini asosiy jamoaga oʻtkazdi. Obi „Inter“ klubi safidagi debyutini 2010-yilning 29-sentyabrida UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining „Werder Bremen“ klubiga qarshi oʻyinida oʻtkazdi[2]. Ushbu oʻyinda „Inter“ klubi „Werder Bremen“ klubini 4:0 hisobida magʻlub etdi[3].

Obi A Seriyadagi debyut oʻyinini 2010-yilning 17-oktyabrida „Cagliari“ klubiga qarshi oʻyinda Philippe Coutinhoning oʻrnida oʻyinning 66-daqiqasida maydonga tushib oʻtkazdi[4]. Oʻyin Samuel Etoʻoning goli bilan 1:0 hisobida yakunlandi.

Joel Obi 14-noyabr kuni Italiya Superkubogi uchun Pekindagi „Milan derbisi“ni boshlagan, ammo jarohati tufayli oʻyinning 35 daqiqasida almashtirilishi kerak boʻlib qoldi. 2011-yil yanvar oyida Joel Obi va Nwankwo Obioralar „Parma“ klubiga atigi 750 yevro va 300 000 yevro evaziga birgalikda egalik qilish shartnomasi asosida ijaraga berildi[5]. Biroq, Joel Obi mavsumning qolgan qismida „Inter“ klubida qoldi va ligada 10 ta, Italiya kubogi doirasida ikkita va Chempionlar ligasi doirasida bitta oʻyin oʻtkazdi. 27-sentyabrda Joel Obi Chempionlar ligasi doirasidagi oʻyinda ilk bor maydonga tushdi. 2012-yilning 17-yanvarida „Parma“ klubi Obining 50 % ulushini 3,2 million yevro[5] evaziga „Inter“ klubiga sotdi va Joel Obining maoshi yiliga 600 000 yevroga koʻtarildi[6]. 29-aprel kuni Joel Obi A Seriyadagi ilk golini „Cesena“ klubiga qarshi oʻyinda kiritdi. Joel Obi 2011—2012-yilgi mavsumni A Seriyada 27 ta, Italiya kubogida ikkita va Chempionlar ligasida 7 ta oʻyinda, shuningdek, Italiya Superkubogi finalida bitta oʻyinda maydonga tushgan holda yakunladi. Biroq, Joel Obi keyingi mavsumda yomon jarohatlar tufayli koʻpgina oʻyinlarni oʻtkazib yuborishga majbur boʻldi.

Jarohati tufayli koʻpgina oʻyinlarni oʻtkazib yuborgan Joel Obi 2012—2013-yilgi mavsumda Yevropa ligasi doirasida oʻtkazilgan oʻyinda maydonga qaytdi[7]. Joel Obi mavsumni Yevropa ligasi doirasida ikkita oʻyinda, Italiya kubogi doirasida va Yevropa ligasi doirasida bittadan oʻyin oʻtkazgan holda yakunladi.

Parma (ijara)

tahrir

2013-yil 2-sentyabrda Joel Obi „Parma“ klubiga ijaraga berildi[8]. „Parma“ klubi safida sakkizta oʻyindan soʻng Joel Obi „Inter“ klubiga qaytdi.

"Inter" klubiga qaytish

tahrir

2014-yil 28-avgustda Joel Obi „Inter“ klubiga qaytib, Yevropa ligasi doirasidagi „Stjarnan“ klubiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi. Oʻyin 6:0 hisobida „Inter“ klubining gʻalabasi bilan yakunlandi. 23-noyabr kuni Joel Obi „Milan derbisi“da asosiy tarkibda maydonga tushdi va mavsumdagi ilk goli raqib darvozasiga kiritdi va uni saltolar bilan nishonladi. Joel Obining kiritgan goli „Inter“ klubi uchun oʻyindagi tenglashuvchi zarba boʻldi(1-1)[9]. Joel Obi mavsumni 17 ta oʻyin va bitta gol bilan yakunladi. Joel Obi „Inter“ klubi safida jami 71 oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan.

Torino

tahrir

2015-yilning 2-iyulida Joel Obi 2,2 million yevro evaziga „Torino“ klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi[10][11][12]. Mavsum boshida Joel Obi ketma-ket ikkita jarohat oldi va 2015—2016-yilgi mavsumning birinchi yarmini oʻtkazib yuborishga majbur qildi. Joel Obi 2016-yilning 7-fevralida "Chievo Verona " klubiga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. 2017-yilning 26-avgustida Joel Obi „Torino“ tarkibida „Sassulo“ga qarshi oʻyinda maydonga tushib oʻzining mavsumdagi birinchi golini kiritdi. Oʻyin 3:0 hisobida „Torino“ foydasiga hal boʻldi.

Chievo Verona

tahrir

2018-yil 11-avgustda Joel Obi A Seriyaning vakili „Chievo Verona“ klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi[13]. Joel Obi 2019-yil yanvar oyida Turkiyaning „Alanyaspor“ klubiga 2018—2019-yilgi mavsumning ikkinchi yarmi uchun ijaraga olingan edi[14].

2020—2021-yilgi mavsumda yarim himoyachi „Chievo“ klubi safida 31 ta oʻyinida 4 ta gol urdi[15].

Salernitana

tahrir

2021-yil 21-iyulda Joel Obi A Seriyaning yangi vakili „U.S. Salernitana 1919“ klubi bilan bepul transferga imzo chekdi[16]. Joel Obi uzaytirish varianti bilan bir yillik shartnomaga rozi boʻldi.

Reggina

tahrir

2022-yil 20-iyulda Joel Obi „Reggina“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[17].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati

tahrir

Joel Obi Nigeriya milliy futbol terma jamoasi uchun xalqaro maydondagi debyutini 2011-yilning 9-fevralida Lagosda Sierra Leone milliy futbol terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazdi. Joel Obi JCh-2014 uchun Nigeriya milliy futbol terma jamoasining dastlabki tarkibiga kiritilgan[18].

2018-yil iyun oyida Joel Obi 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionati uchun tashkillashtirilgan Nigeriya milliy futbol terma jamoasining 23 nafar futbolchidan iborat tarkibiga kiritildi[19].

Faoliyat statistikasi

tahrir
Klub Mavsum Liga Milliy kubuk Mintaqa Boshqa Umumiy
Diviziya Oʻyin Gollar soni Oʻyin Gollar soni Oʻyin Gollar soni Oʻyin Gollar soni Oʻyin Gollar soni
Internazionale 2010-11 A Seriya 10 0 2 0 1 0 0 0 13 0
2011-12 27 0 2 0 7 0 1 0 37 0
2012-13 2 0 1 0 1 1 4 1
2014-15 11 1 1 0 3 0 15 1
Umumiy 50 1 6 0 12 1 1 0 69 2
Parma (ijara) 2013-14 A Seriya 8 0 0 0 8 0
Torino 2015-16 A Seriya 10 1 1 0 11 1
2016-17 20 0 3 0 23 0
2017-18 22 5 3 1 25 6
Umumiy 52 6 7 1 59 7
Chievo 2018-19 A Seriya 11 1 0 0 11 1
2019-20 29 1 0 0 29 1
2020-21 B Seriya 31 4 1 0 32 4
Umumiy 71 6 1 0 72 6
Alanyaspor (ijara) 2018-19 Turkiya oliy ligasi 2 0 0 0 2 0
Salernitana 2021-22 A Seriya 21 0 2 0 23 0
Umumiy 204 13 16 1 12 1 1 0 233 15

Xalqaro

tahrir
Terma jamoadagi oʻyinlari
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar soni
Nigeriya milliy futbol terma jamoasi 2011-yil 11 0
2012-yil 0 0
2013-yil 0 0
2014-yil 1 0
2015-yil 0 0
2016-yil 0 0
2017-yil 0 0
2018-yil 4 0
Jami 16 0

Manbalar

tahrir
  1. „2018 FIFA World Cup Russia – List of Players“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2018-yil 4-iyun). 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-iyun.
  2. „Joel Chukwuma Obi – Profile“. UEFA.
  3. „Eto'o hat-trick eases Inter past Bremen“. UEFA.com (2010-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 3-iyun.
  4. „2010 Serie A, Round 7“. Fox Soccer. 2012-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 21-oktyabr.
  5. 5,0 5,1 Parma F.C. S.p.
  6. „Tutti gli ingaggi della A Solo Milano svolta Impennata della Juve Partita da un miliardo Stipendi: la dieta c' è, ma non si vede“ (it). La Gazzetta dello Sport (2012-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 1-may.
  7. „La baby Inter convince a Baku“. Uefa.com. Qaraldi: 2012-yil 4-oktyabr.
  8. „Joel Obi moves to Parma“. FC Internazionale Milano (2013-yil 2-sentyabr). 2014-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-iyun.
  9. „Joel Obi's strike earns Inter derby point over rival AC Milan“. Fox Sports (2014-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 23-noyabr.
  10. Torino F.C. S.p.
  11. „Official: Joel Obi Joins Torino“. Kicknews24.com. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-iyul.
  12. „Joel Obi al Toro“ (it). Torino F.C. (2015-yil 2-iyul). 2015-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-oktyabr.
  13. „UFFICIALE: ChievoVerona, ecco Obi: contratto triennale con opzione“. 2018-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-avgust.
  14. „Joel Obi: Salernitana sign former Chievo midfielder“. Goal (2021-yil 21-iyul). Qaraldi: 2021-yil 22-iyul.
  15. „Joel Obi: Salernitana sign former Chievo midfielder“. Goal (2021-yil 21-iyul). Qaraldi: 2021-yil 22-iyul.
  16. „Joel Obi: Salernitana sign former Chievo midfielder“. Goal (2021-yil 21-iyul). Qaraldi: 2021-yil 22-iyul.
  17. „JOEL OBI È UN CALCIATORE AMARANTO“ (it). Reggina (2022-yil 20-iyul). 2022-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-oktyabr.
  18. Okeleji, Oluwashina. „World Cup 2014: Nosa Igiebor cut from Nigeria squad“. BBC Sport (2014-yil 3-iyun). Qaraldi: 2014-yil 24-noyabr.
  19. „World Cup 2018: Arsenal's Iwobi in Nigeria's 23-man squad“. BBC Sport (2018-yil 3-iyun). Qaraldi: 2022-yil 18-oktyabr.