Johann Pestalozzi
Johann Heinrich Pestalozzi (1746.12.1, Syurix – 1827.17.2, Brugg) – shveysariyalik pedagog, boshlangʻich taʼlim nazariyasi asoschisi. Karolinum kollegiumining ikki kursini tugatgan. Neyxofda „Kambagʻallar uchun muassasa“, Stans shahrida yetimxona, Burgdorf va Iverdonda institutlar ochgan va ularga rahbarlik qilgan. Pestalozzi fikricha, tarbiyaning maqsadi insonlarning barcha tabiiy kuchlari va qobiliyatlarini har tomonlama va uygʻun oʻstirishdan iborat. Uning elementar maʼlumot nazariyasiga koʻra, tarbiyalash oddiy elementlardan boshlanib, asta-sekin murakkabroq darajaga koʻtarilib borishi kerak. Pestalozzi bolalarga ilk bor hisob, oʻlchash va nutqni oʻrgatish metodikasini ishlab chiqdi, boshlangʻich taʼlimga geom., geografiya, rasm solish, ashula, gimnastikadan oddiy maʼlumotlarni kiritib, uning mazmunini kengaytirdi. Asosiy asarlari: „Lingard va Gertruda“ (1781—87), „Oqqush qoʻshigʻi“ (1826), „Gertruda oʻz bolalarini qanday qilib oʻqitadi“ (1801)[4].
Johann Pestalozzi | |
---|---|
Portret muallifi Fransisko Xaver Ramos, | |
Tavalludi |
12-yanvar 1746[1][2][3] Syurix, Shveysariya |
Vafoti |
17-fevral 1827[1][2][3] Brugg, Shveysariya |
Fuqaroligi | Shveysariya |
Kasbi | Shveysariyalik pedagog va ta'lim islohotchisi |
Faoliyat yillari | Shveysariyalik pedagog va ta'lim islohotchisi (1746–1827) |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ 2,0 2,1 (unspecified title)
- ↑ 3,0 3,1 (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |