Johnny Ertl nomi bilan tanilgan Johannes Bruno Ertl (talaffuzi: Yoxannes Ertl; 1982-yil 13-noyabrda tugʻilgan) — Avstriyalik sobiq futbolchi, asosan yarim himoyachi sifatida oʻynagan

Johannes Ertl
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Johannes Bruno Ertl[1]
Tavallud sanasi 13-noyabr 1982-yil (1982-11-13) (41 yosh)
Tavallud joyi Graz, Avstriya
Boʻyi 1.88 m (6 ft 2 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Portsmouth (U16 murabbiy)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
SV Feldkirchen
1996—2003 Sturm Graz
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2006 Sturm Graz 61 (0)
2003—2004 → SC Kalsdorf (ijara) 11 (3)
2006—2008 Austria Wien 50 (3)
2008—2010 Crystal Palace 45 (0)
2010—2012 Sheffield United 35 (0)
2012—2015 Portsmouth 80 (2)
Milliy terma jamoa
2006—2007 Avstriya 7 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyatining asosiy qismini Ertl Sturm Graz, Crystal Palace, Sheffield United va Portsmouthda oʻtkazgan; 2015-yilda faoliyatini tugatgandan soʻng, Portsmouth FCning matbuot kotibi boʻldi, shuningdek, Portsmouthning 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar jamoasida yordamchi murabbiyi sifatida ham ishladi.

Faoliyati tahrir

Ilk faoliyati tahrir

Ertl oʻz faoliyatini SV Feldkirchen yoshlar jamoasida boshlagan, 1996-yilda Sturm Grazga qoʻshilgan. Klubning yosh toifalarida oʻynagan va 2003-yilda oʻz shahri klubi bilan professional shartnoma tuzgan. 2003-yilda SC Kalsdorf klubiga ijaraga kelib qoʻshildi.

„Qoralar“da himoya markazidan joy oldi va ijobiy oʻyinlaridan soʻng Avstriya terma jamoasiga chaqirildi va Vengriyaga qarshi oʻyinda 87-daqiqada Paul Scharnerning oʻrniga maydonga tushdi.

Crystal Palace tahrir

2006-yilning yozida Ertl „Blackies“dan Avstriya giganti „Austria Wien“ga oʻtdi va „binafshalar“ bilan ikki yil oʻynadi. Keyin esa Angliyaga, Crystal Palacega oʻtdi[2]. Klubdagi ilk goli 2010-yil 14-fevralda Angliya kubogida Aston Villaga qarshi o‘yinda kiritilgan[3].

Sheffield United tahrir

Ertlning shartnomasi 2009—2010-yilgi mavsum oxirida tugadi va Sheffield United bilan shartnoma imzoladi[4]. Ertl 2011-yilning mart oyida oyogʻidan olgan jarohat oldi va mavsumni ancha erta tugatishga majbur boʻldi. Mavsum oxirida jamoa quyi ligaga tushib qoldi[5].

Portsmouth tahrir

2012-yil 31-avgustda Ertl qisqa muddatli shartnoma asosida Portsmouthga qoʻshildi[6]. Bir kun oʻtib debyutini oʻtkazdi, Oldham Athleticga qarshi oʻyinda (0:1) avtogol muallifiga aylandi[7]. Yangi yil kuni unga sardorlik bogʻichi topshirildi, olding sardor Brian Howard jarohat tufayli safdan chiqdi[8]. Ertl 2012—2013-yilgi mavsumni muxlislar tomonidan mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrinini olish bilan yakunladi[9].

Faoliyat statistikasi tahrir

2-may, 2015-yil
Liga Kubok Liga kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Klub League Mavsum Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Sturm Graz Bundesliga 2004—2005 27 0 1 0 28 0
2005—2006 27 0 1 0 3 0 31 0
2006—2007 7 0 0 0 7 0
Austria Wien 25 1 4 0 6 0 35 1
2007—2008 26 2 0 0 5 1 31 3
Crystal Palace Championship 2008—2009 12 0 0 0 1 0 13 0
2009—2010 33 0 3 1 1 0 37 1
Sheffield United 2010—2011 28 0 1 0 1 0 30 0
Birinchi liga 2011—2012 7 0 1 0 0 0 1 0 9 0
Portsmouth 2012—2013 37 0 1 0 0 0 1 0 39 0
Ikkinchi liga 2013—2014 29 1 1 0 0 0 0 0 2 0 32 1
2014—2015 14 1 0 0 1 0 0 0 2 0 17 1
Jami faoliyati Avstriya 112 3 6 0 14 1 132 4
Angliya 160 2 7 1 4 0 0 0 6 0 177 3
Faoliyat statistikasi 272 5 13 1 4 0 14 1 6 0 309

Yutuqlari tahrir

  • 2006-yil Avstriya Bundesligasi
  • 2006-yil Avstriya kubogi

Individual tahrir

Portsmouth
  • 2012—2013-yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi

Manbalar tahrir

  1. „Professional retain lists & free transfers 2012/13“. The Football League (2013-yil may). 2014-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-iyun.
  2. „Ertl Becomes The Third Signing Of The Summer“. cpfc.co.uk (2008-yil 10-iyul). 2012-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-oktyabr.
  3. „Crystal Palace 2–2 Aston Villa“. BBC Sport (2010-yil 14-fevral). Qaraldi: 2010-yil 14-fevral.
  4. „Johannes Ertl wechselt zu Sheffield United“. kleinezeitung.at (2010-yil 9-iyun). 2012-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 9-iyun.
  5. „Wilson hails United defender's speedy recovery“. The Sheffield Star (2011-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2011-yil 26-noyabr.
  6. „Portsmouth sign ex-Blade Johnny Ertl on one month deal“. BBC Sport (2012-yil 31-avgust). Qaraldi: 2012-yil 31-avgust.
  7. „Portsmouth 0-1 Oldham“. BBC Sport (2012-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 15-iyun.
  8. „Seven Changes For Pompey“. Portsmouth F.C. (2013-yil 26-yanvar). 2013-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-oktyabr.
  9. „Ertl: It's a lifetime best“. Portsmouth News (2013-yil 22-aprel). Qaraldi: 2013-yil 24-aprel.