Johannes Lichtenberger (tahminan 1440-1458-yilda Grunbaxda tugʻilgan. 1503-1510-yilda, Nederbrombaxda vafot etgan.) – nemis mistigi va astrologi, imperator Fridrix III (1440–1493) saroy astrologi boʻlgan.

Johannes Lichtenberger
Tavalludi 1440-yil yoki 1458-yil
Vafoti 1503 va 1510
Kasbi Astrolog

U „Pronosticatio“ nomli bashoratlar kitobi bilan mashhur boʻlgan. 1528-yilda nashr etilgan nusxasi 1870-yillarda Londondagi qirollik kutubxonasida topilgan va Yevropa jamoatchiligiga katta taʼsir koʻrsatgan. Yozuvchi F. M. Dostoevskiy ham, oʻz kundaligida uning bashoratlarni tahlil qilgan[1].

Asarlari

tahrir
  • 1476-yilda „Koln shahrini boshqaruvchi eng ulugʻ janoblarni sharaf va tasallisi“ (Ad honorem ac consolacionem graciosissimorum dominorum meorum gubernatorum inclite urbis Coloniensis; 12-mart 1476-yil).
  • 1488-yilda „Bashorat“ yoki „Lotin tilidagi nodir va ilgari eshitilmagan bashorat“ (Pronosticatio in latino rara et prius non audita, „Practica“ nomi bilan ham nashr etilgan) – bashoratlar kitobi boʻlib, unda koʻplar Fransuz inqilobini va Napoleon Ining paydo boʻlishini bashorat qilgan deb hisoblashadi. Fyodor Dostoevskiy („Yozuvchi kundaligi“, 1877-yil, may-iyun) Lichtenbergerning mistik allegoriyalarida rus-turk urushi, Rossiyaning sharq masalasidagi roli, Angliya, protestantizm va katolitsizm bilan boʻlgan munosabatlari haqida bashoratlar koʻrgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. Jakob Franck. Lichtenberger, Johannes. In: Allgemeine Deutsche Biographie (ADB). Band 18, Duncker & Humblot, Leipzig, 1883 — 538-542-bet. 
  2. Dietrich Kurze. Johannes Lichtenberger. Lübeck, 1960. ISBN ISBN 978-3-7868-1379-8.