John Donvan
John Donvan (1955-yilda tugʻilgan) jurnalist, teleboshlovchi va debatlar moderatori. Johnning eng koʻp sotilgan kitobi "In a Different Key: The Story of Autism" boʻlib, kitob Pulitser mukofoti bilan taqdirlangan.
John Donvan | |
---|---|
Tavalludi | 1955 (yoshi 68–69) |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | jurnalist, teleboshlovchi va debatlar moderatori |
Faoliyat yillari | 1977–yildan buyon |
Turmush oʻrtogʻi | Ranit Mishori |
Bolalari | 2 |
Tarjimai holi
tahrirDonvan New York shahridagi Regis oʻrta maktabida oʻqigan. Soʻng Dartmuth va Columbia jurnalistikasi universitetini tamomlagan[1].
Faoliyati
tahrirJohn Intelligence Squared US forumining asoschisi hisoblanadi. U televizor orqali Oksford Ittifoqi uslubidagi munozaralarda jamoatchilikni qiziqtirgan jiddiy mavzular boʻyicha mutaxassislar bilan suhbat qilardi.
Donvan jonkuyar boshlovchi edi. U 2013-yil Vashingtonda SpeakeasyDC homiyligida oʻzining „Lose the Kid“ nomli birinchi bir kishilik shousini premyerasini oʻtkazdi[2].
Bundan avval John ABC News telekanalida muxbir sifatida faoliyat yuritgan. Jumladan, ABC Newsning Moskva va Londonda muxbiri[3], 1997-yil yanvarda tarmoqning Oq uy matbuot kotibi[4] hamda 1998-yilda Nightline jurnalining asosiy muhbiri[5] boʻlib ishlagan.
2016-yilda Donvan jurnalist va televizion yangiliklar prodyuseri Caren Zucker bilan hammualliflikda "In a Different Key: The Story of Autism" kitobini yozib tugatadi[6]. Ushbu kitobda sovuqqon ona nazariyasi va autizm epidemiyasi ehtimoli muhokama qilinadi[7]. Autizm tashxisi qoʻyilgan birinchi bola Donald Triplett boʻlib, kitobda uning ilk belgilari tahlil qilinadi[8][9].
Mukofotlari
tahrirJohnning translyatsiya ishi toʻrtta Emmy mukofoti, bir nechta Overseas Press Club mukofotlari, ikkita Cine Golden Eagles mukofotlarini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Osiyo-Amerikaliklar uchun Media Action Network tomonidan ham taqdirlangan[10]. Yozuvchi sifatida esa „In A Different Key: The Story of Autismi“ nomli ilmiy kitobi uchun 2017-yilgi Pulitser mukofoti sovrindori boʻlgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Donvan, John. „Quizmaster Reflects On 50 Years Of 'It's Academic'“. NPR (2012-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 5-avgust.
- ↑ „Believers in intelligent discussion“. Intelligence Squared US. Qaraldi: 2017-yil 19-mart.
- ↑ Mifflin, Lawrie. „Television; Weighing the Future of the Network Anchor“. The New York Times (1995-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 1-yanvar.
- ↑ Mifflin, Lawrie. „Second Job For President's Departing Aide“. The New York Times (1996-yil 12-dekabr), s. B20. Qaraldi: 2023-yil 1-yanvar.
- ↑ „John Donvan“. ABC News (2010-yil 24-mart). 2022-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-mart.
- ↑ Groopman, Jerome. „'In a Different Key: The Story of Autism,' by John Donvan and Caren Zucker“. New York Times (2016-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 30-noyabr.
- ↑ Siegel. „'In A Different Key' Traces History And Politics Of Autism“ (en). NPR.org. Qaraldi: 2017-yil 19-mart.
- ↑ Miller. „The Vindicated Parents“. Slate (2016-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 19-mart.
- ↑ „BOOK EXCERPT: 'In a Different Key' by John Donvan and Caren Zucker“. ABC News (2016-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 19-mart.
- ↑ „John Donvan“. ABC News (2010-yil 24-mart). 2022-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-mart.