JON MILTON— (1608-1674)

Hayoti va ijodi

tahrir

Milton notarius oilasida tugʻilib, diniy sharoitda yashadi. Milton ingliz va lotin tillarida sheʼrlar yoza boshlaydi. Shular ichida „Xristosning ertalabki tugʻlishi“, „Shekspirga“, „Qariya janob“ asarlari diniy xarakterda edi. Yoshligi dindorlar o‘rtasida o‘tgan Milton universitetda o‘qishni davom ettiradi. So‘ng Londonga yaqin Gortoni shahrida otasi qurgan uyda yashay boshlaydi. Dastlabki „Quvnoq va gʻamgin“, „Qomus“ asarlarini yaratadi. Uyg‘onish davri taʼsiri Milton ijodida yaqqol sezilib turadi. Din va ishonch mavzusi „Dinga qattiq ishonch, Papaning irodasi va yuksakligi“ asarida, ozodlik mavzusi „Ozod ovoz haqida nutq“ asarida, tarbiya masalalari mavzusi „Tarbiya haqida“ tadqiqotida, inson huquqlari mavzusi „Ajralish haqida“ va „Ximiya“ asarlarida o‘z ifodasini topgan. Miltonning nazarida inson uchun uch ozodlik barqaror boʻlishi kerak: diniy, oilaviy va grajdanlik huquqlari. Milton ijodida lotin tilida yozilgan „Angliya xalqining himoyasi“ asari alohida o‘rin tutadi. 1660-yilda Angliyada reaksiya davri boshlanadi. Londondan uncha uzoq boʻlmagan shaharda Milton ochlikdan ancha qiynalib hayot kechiradi. U bu davrda „Yo‘qolgan jannat“, „Jannatning qaytishi“ poemalarini va „Kurashchi Samson“ tragediyasini yaratadi. 1655-yilda Jon Miltonning lotin tilida „ 0 ‘zimni himoya qilaman“ kitobi chop etiladi. Bunday nom hammani hayratga soladi. Kimdan u o‘zini himoya qiladi, davlat tepasidagilardanmi yoki dushmanlardanmi? Adib g‘arazgo‘y ijodkorlardan ko‘proq xavf-xatar kutadi. Bunday oqim muxlislari A. Mor, Filmer, Roulend boʻlib, ular Jon Miltonga oʻlim jazosini tayinlashni talab qilar, oʻz maqsadiga erishish uchun har qanday yovuzliklami qilishga tayyor edilar. Jon Miltonning „Yo‘qolgan jannat“ asari dunyoga mashhur boʻldi. Bu asarda Odam Ato — haqiqiy erkak, Momo Havo ajoyib ayol qiyofasida namoyon boʻladi. Bu asar pand-nasihat ruhi bilan sug‘orilgan boʻlib, unga talim-tarbiya jarayonida muhim ahamiyatga ega asar sifatida qarab kelinmoqda.

[1].

  1. "Jahon Adabiyoti" Fayzulla Boynazarov