Odam (arabcha: آدم‎), Odamato (shuningdek, Abulbashar yaʼni „insoniyat otasi“ deb ham ataladi) – islomga (shuningdek, iudaizm va xristianlikka) koʻra, Alloh tomonidan yaratilgan yer yuzidagi birinchi odam va inson zotining otasi. Qurʼonga koʻra, Alloh Odamatoni loydan oʻzining yerdagi oʻrinbosari (xalifa) sifatida yaratib, unga oʻz ruhidan jon ato etgan.

Nabiy
Odamato
arabcha: آدم

Farishtalar qurshovi ichida Adan bogʻida turgan Odamato va Momohavo (Eron islomiy rassomchiligiga oid tasvir)
Tarjimai hol
Turmush oʻrtogʻi Momohavo (حَوَّاء‎)
Farzandlari Qobil va Hobil, Shis
(هابيل، قابيل، شِيث‎)
Anaq
Qurʼoniy rivoyatlar
Ismi zikr qilingan Ha
Sura (Suralar) 2, 3, 5, 7, 17, 18, 19, 20, 36
Oyatlar
Zikr etilgan: 25 ta
Paygʻambarlik
Mashhur sifatlari Ilk inson va ilk musulmon
Vorisi Shis
Maqomi Xalifa, paygʻambar, insoniyatning otasi
Boshqa ekvivalentlar Injilda Odamato, Yahudiylikda Odamato
Izohlar

Qurʼondagi qissa

tahrir

Islomda Odamato birinchi paygʻambar hisoblanadi. Qurʼonga koʻra. Alloh Odamatoga barcha narsalarning nomlarini oʻrgatib, bu bilan uni farishtalardan yuqori qoʻygab va farishtalarga Odamatoga bosh egib sajda qilishni buyurgan. Faqat Iblis sajda qilishdan bosh tortgab. Iblis takabburligi va sarkashligi tufayli jannatdan quvilgan. Odamato jufti haloli Momohavo bilan jannatda yashab, ularga barcha neʼmatlardan yeyishlikka ruxsat berilgab, faqatgina bir daraxtning mevasidan yeyish taqiqlangan boʻladi:

19. Ey Odam, sen jufting bilan jannatni maskan tut. Ikkovingiz xohlagan joyingizdan yeng. Ammo mana bu daraxtga yaqinlashmanglar. Uning sababidan zolimlardan boʻlib qolmanglar.
20. Bas, shayton ikkovlarining berkitilgan avratlarini ochish uchun ularni vasvasa qildi va: „Robbingiz sizni ushbu daraxtdan faqat ikkovingiz farishta boʻlmasligingiz yoki abadiy qolmasligingiz uchungina man qildi“, dedi.
21. Ularga: „Albatta, men sizlarga nasihat qiluvchilardanman“, deb qasam ichdi.
Aʼrof surasi, 19–21-oyatlar

Iblis Odamato bilan Momohavoni aldab, taqiqlangan daraxt mevasini yediradi. Buning jazosi evaziga ular jannatdan chiqarilib, ularning avlodlari yerda yashashga va mehnat qilishga mahkum etiladi[1].

Manbalar

tahrir
  1.   „Odamato“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (O-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.

Havolalar

tahrir