Jonathan Lewis (futbolchi)
Jonathan Jeremy Lewis (talaffuzi: Konatan Lyuis) (1997-yil 4-iyunda tugʻilgan) — Amerikalik professional futbol oʻyinchisi, Colorado Rapids Major League Soccer klubi va AQSh terma jamoasida qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Jonathan Jeremy Lewis | ||
Tavallud sanasi | 4-iyun 1997-yil | ||
Tavallud joyi | Atlanta, Georgia, United States | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Colorado Rapids | ||
Raqami | 7 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2008—2014 | Plantation Eagles | ||
2014—2015 | Chicago Fire | ||
2015 | RIASA | ||
2015—2016 | Kendall SC | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2015 | Bradford City | 0 | (0) |
2015 | → Farsley Celtic (ijara) | 1 | (0) |
2017—2019 | New York City FC | 31 | (3) |
2018 | → Louisville City (ijara) | 5 | (0) |
2019 | Colorado Rapids | 82 | (21) |
Milliy terma jamoa | |||
2016—2017 | AQSH U20 | 6 | (1) |
2019—2021 | AQSH U23 | 3 | (1) |
2019 | AQSH | 8 | (2) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 23-iyul uchun) |
Atlantada tugʻilgan, lekin Florida shtatining Plantation shahrida oʻsgan Lewis Angliyadagi RIASAga qoʻshilish uchun tanlanmasidan oldin oʻz faoliyatini Plantation Eagles va Chicago Fireda boshlagan. U yerda u 2015-yil iyul oyida birinchi liga vakili Bredford City bilan shartnoma imzolashdan oldin bir nechta klublarda qiziqish uygʻotgan. Farsley Celticga qisqa muddatli ijarad boʻlganidan soʻng, Lewis Qoʻshma Shtatlarga qaytib, Akron Zips uchun kollej futbolida oʻynashni boshlagan. Oʻzining birinchi mavsumidan soʻng Lewis 2017 MLS SuperDraft da New-York City FC tomonidan uchinchi umumiy tanlov bilan tanlangan.
Lewis 2019-yil may oyida Colorado Rapidsga sotilishidan oldin „New-York City“ klubida ikki yarim mavsum oʻtkazgan, shu jumladan Louisville Citiyda qisqa muddat ijara asosida oʻynagan. Xalqaro miqyosda Lewis 2019-yil yanvar oyida Panamaga qarshi oʻzining katta debyutini oʻtkazgunga qadar dastlab Qoʻshma Shtatlarni 20 yoshgacha boʻlganlar darajasida himoya qilgan. U 2019 va 2021-yilgi Oltin Kubok jamoalari uchun tarkibga tanlangan.
Jamoalardagi faoliyati
tahrirNew-York City FC
tahrir2017-yilning 7-yanvarida Lewis Major League Soccer bilan Generation Adidas shartnomasini imzolagani va 2017-yil MLS SuperDraftda jamoaga transfer qilinishi mumkinligi eʼlon qilingan[1]. 13-yanvar kuni Lewis Abu Danladi va Mayls Robinsondan keyin „New-York Siti“ FC tomonidan uchinchi umumiy tanlov bilan tanlangan[2]. U klubdagi debyutini 2017-yilning 18-martida "Monreal Impact"ga qarshi oʻtkazgan va „Yankee“ stadionida 1:1 hisobidagi durang oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan[3]. Lewis 22-iyul kuni "Chikago Fire"ga qarshi oʻz uyida 2:1 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda birinchi marta asosiy tarkibga kiritilgan[4].
Lewis oʻzining professional golini 12-avgustda kiritgan, bu gol "Los- Angeles Galaxy"ga qarshi safarda 2:0 hisobida gʻalaba qozongan[5]. Keyin u New-York City FC uchun navbatdagi oʻyinda Nyu-England Revolution qarshi gʻalaba golini kiritgan, bu esa klubga 2:1 hisobida gʻalaba keltirgan[6]. Lewis oʻzining birinchi professional mavsumini 13 ta oʻyin bilan yakunlagan va faqat ikkita gol urgan.
2018-yil iyun oyida, bosh murabbiy Patrick Vieira ketganidan soʻng, Lyuis Domenek Torrent qoʻl ostida maydonda koʻproq tushgan[7]. Shunga qaramay, Lewis „New-York City“ klubida 2018-yilgi mavsumini bor-yoʻgʻi 14 ta oʻyindan, hammasidan zaxiradan maydonga tushib, bitta gol bilan yakunladi.
Louisville City (ijara)
tahrir2018-yilning 17-sentyabrida, „New-York City“ klubida kam maydonga tushganligi sababli, Lewis 2018-yilgi mavsum oxirigacha "United futbol ligasi"ning "Louisville City" jamoasiga qoʻshilgan[8]. U klubdagi debyutini 19-sentyabr kuni Penn FCga qarshi 3:0 hisobidagi gʻalabadan boshlab oʻtkazgan[9]. Ijara vaqtida Lewis „Louisville City“ safida beshta oʻyinda maydonga tushgan.
Colorado Rapids
tahrir2019-yilgi mavsumni boshlash uchun „New-York Citi“ klubida zaxira oʻrindigʻida oʻtirgan Lewis 2019-yil 8-mayda Colorado Rapidsga 650 000 dollar evaziga sotib yuborilgan[10]. Bir necha kundan soʻng, 11-may kuni Lewis „ Real Salt Lake“ga qarshi 3-2 hisobida magʻlubiyatga uchragan holda Rapids safida debyut qilgan[11]. U klub uchun birinchi golini 25-may kuni Columbus Crewga qarshi oʻz uyida 3:2 hisobidagi gʻalabali oʻyinda kiritgan.
2020-yil 17-dekabrda Lewis Colorado Rapids bilan yangi shartnoma imzolagan va uni klubda 2024-yilgacha saqlab qoladi[12].
Xalqaro faoliyati
tahrir2019-yil 4-oktabrda Lews Jason Kreis tomonidan AQShning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga chaqirildi[13]. U 15-oktabr kuni Salvadorga qarshi oʻyinda jamoa safida debyut qilgan va 6:1 hisobidagi gʻalabada ikkinchi golni kiritgan[14]. 2021-yil mart oyida Lewis CONKAKAF erkaklar olimpiya saralash chempionati uchun yakuniy 20 kishilik roʻyxatga kiritilgan[15].
Kattalar jamoasi
tahrirLewis 2021-yilning 31-yanvarida AQSH terma jamoasi safida ilk gollarini urgan, oʻshanda AQSh xalqaro oʻrtoqlik oʻyinida Trinidad va Tobago ustidan 7:0 hisobida gʻalaba qozongan[16]. 1-iyul kuni Lewis Berhalter tomonidan ikkinchi CONCACAF Oltin Kubogi tarkibiga kiritilgan[17].
Karyera statistikasi
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Play offlar | Domestic kubogi | Qitʼa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Bradford City | 2015—2016 | Birinchi Liga | 0 | 0 | — | 0 | 0 | — | 0 | 0 | ||
Farsley Celtic (Ijara) | 2015—2016[18] | NPL birinchi Divizion | 1 | 0 | — | 1 | 0 | — | 2 | 0 | ||
New York City FC | 2017 | MLS | 11 | 2 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | 13 | 2 | |
2018 | MLS | 14 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 15 | 1 | ||
2019 | MLS | 6 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 6 | 0 | ||
Jami | 31 | 3 | 1 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 34 | 3 | ||
Louisville City (Ijara) | 2018 | USL Championship | 5 | 0 | — | — | — | 5 | 0 | |||
Colorado Rapids | 2019 | MLS | 16 | 5 | — | 0 | 0 | — | 16 | 5 | ||
2020 | MLS | 18 | 5 | 1 | 0 | — | — | 19 | 5 | |||
2021 | MLS | 27 | 7 | 1 | 0 | — | — | 28 | 7 | |||
2022 | MLS | 21 | 4 | 0 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | 24 | 4 | |
Jami | 82 | 21 | 2 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | 87 | 21 | ||
Karyerada jami | 119 | 24 | 3 | 0 | 4 | 0 | 2 | 0 | 128 | 24 |
Xalqaro
tahrirMilliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|
Qoʻshma Shtatlar | 2019 | 5 | 0 |
2020 | 1 | 0 | |
2021 | 2 | 2 | |
Jami | 8 | 2 |
Xalqaro maydondagi gollar
tahrir№ | Sana | Joy | CAP | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa | Manba |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | 31.07.2021 | Exploria Stadium, Orlando, AQSH | 7 | Trinidad va Tobago | 1-0 | 7-0 | Oʻrtoqlik | [16] |
2 | 6-0 |
Yutuqlar
tahrirQoʻshma Shtatlar
- CONCACAF Oltin Kubogi : 2021[19]
AQSH U20
- CONCACAF 20 yoshgacha boʻlganlar chempionati : 2017
Manbalar
tahrir- ↑ Tansey, Joe. „MLS Ticker: Lewis named to Generation Adidas class, NYCFC re-signs pair and more“. SBI Soccer (7-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2021-yil.
- ↑ Sciaretta, Brian. „Jonathan Lewis Thrilled to Be With NYCFC and U-20s“. American Soccer Now (19-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2021-yil.
- ↑ „New York City FC 1–1 Montreal Impact“. Major League Soccer.
- ↑ „New York City FC 2–1 Chicago Fire“. Soccerway.
- ↑ „LA Galaxy 0–2 New York City FC“. Soccerway.
- ↑ „New York City FC 2–1 New England Revolution“. Soccerway.
- ↑ Schnitzer, Kyle. „NYCFC youngster eyes breakout chance with Patrick Vieira gone“. New York Post (18-iyun 2018-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2021-yil.
- ↑ A Smith, Christian. „Jonathan Lewis loaned to USL's Louisville City“. Hudson River Blue (17-sentabr 2018-yil). 2022-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Penn FC 0–3 Louisville City“. Soccerway.
- ↑ Shapiro, Jake. „Colorado Rapids trade for USMNT winger Jonathan Lewis; acquire Lalas Abubakar from Columbus“. Denver Post (8-may 2019-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Colorado Rapids 2–3 Real Salt Lake“. Soccerway.
- ↑ Butler, Dylan. „Colorado Rapids sign winger Jonathan Lewis to new contract“. Major League Soccer (17-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 5-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Kreis Tabs Top U.S. U-23 Talents for Olympic Qualifying Prep Camp“. Sports Illustrated (4-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 5-sentabr 2021-yil.
- ↑ „United States U23 6–1 El Salvador U23“. Soccerway.
- ↑ Babiak, J.A.. „Jonathan Lewis and Sam Vines named to the USMNT's U-23 2021 Olympic Qualifying roster“. Burgundy Wave (11-mart 2021-yil). 2022-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentabr 2021-yil.
- ↑ 16,0 16,1 „United States 7–0 Trinidad and Tobago“. Soccerway.
- ↑ „USMNT names Concacaf Gold Cup roster, featuring 19 MLS players“. Major League Soccer (1-iyul 2021-yil). Qaraldi: 5-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Jonathan Lewis - Farsley Celtic“. Farsley Celtic. 2019-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
- ↑ „United States 1–0 Mexico“. Soccerway.