Jonathan Steele (talaffuzi: Jonatan Stil; 1986- yil 7-fevralda Shimoliy Irlandiyaning Larne shahrida tugʻilgan) — Shimoliy Irlandiyalik futbolchi, „Ramsgate“ futbol klubi va Shimoliy Irlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi.

Jonny Steele
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jonathan Steele
Tavallud sanasi 7-fevral 1986-yil (1986-02-07) (38 yosh)
Tavallud joyi Larne, Shimoliy Irlandiya
Ampluasi hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002—2004 Wolverhampton Wanderers
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004 Syracuse Salty Dogs 9 (1)
2004—2005 Kansas City Comets 13 (8)
2005—2006 Rochester Raging Rhinos 18 (1)
2005—2007 Baltimore Blast 39 (13)
2006 Ballymena United 5 (0)
2007 Carolina RailHawks 19 (0)
2007—2008 Philadelphia KiXX 17 (7)
2008—2009 Puerto Rico Islanders 49 (7)
2010 Vancouver Whitecaps 13 (0)
2010—2011 FC Tampa Bay 10 (1)
Milliy terma jamoa
Shimoliy Irlandiya U16 13 (0)
Shimoliy Irlandiya U17 7 (0)
Shimoly Irlandiya U18 3 (2)
Shimoliy Irlandiya U19 13 (0)
2013—2014 Shimoliy Irlandiya 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(10-iyun uchun)

Klublardagi faoliyati

tahrir
 
Jonathan Steele „North Carolina“ safida

Jonathan Steele Angliyaning „Wolverhampton Wanderers“ futbol akademiyasida tahsil olgan. 18 yoshida oʻqishni tugatgandan soʻng, Jonathan Steele Qoʻshma Shtatlarga joʻnab ketgan va shundan soʻng aslo oʻz vataniga qaytmagan.

2012-yil 1-martda Jonathan Steele „Real Salt Lake“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[1][2]. U MLSdagi debyutini 18-mart kuni „New York Red Bulls“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan[3]. 1-aprel kuni „Portland Timbers“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Jonathan Steele „Real Salt Lake“ futbol klubi safida birinchi golini urgan[4]. Ammo 2012-yilgi mavsum oxirida „Real Salt Lake“ Jonathan Steele bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan[5].

2013-yil 20-fevralda Jonathan Steele „New York Red Bulls“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[6]. 4-mart kuni Jonathan Steele „Portland Timbers“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan[7]. 21- aprel kuni „New England Revolution“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda u yangi jamoasi safidagi birinchi golini urgan[8]. 2014-yil 10-iyulda Jonathan Steele tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra „New York Red Bulls“ bilan shartnomasini bekor qilgan[9].

2015-yilning 8-yanvarida Jonathan Steele Shimoliy Amerika futbol ligasi „Minnesota United“ futbol klubiga qo‘shilgan[10]. 30-iyun kuni u „Minnesota United“ futbol klubini tark etgan[11].

2016-yilning 12-yanvarida Jonathan Steele „Ottawa Fury“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[12].

2016-yil 14-iyulda Jonathan Steele „Miami“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan[13].

Xalqaro faoliyati

tahrir

2005-yilda Shimoliy Irlandiyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi bilan Jonathan Steele oʻz uyida yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan.

2013-yilning aprel oyida Jonathan Steele Red Bulls bilan ajoyib oʻyinlaridan soʻng u Shimoliy Irlandiya terma jamoasiga bir qator oʻrtoqlik oʻyinlariga taklif olgan, biroq maydonga tushmagan. Jonathan Steele terma jamoadagi debyutini 15-noyabr kuni Turkiyaga qarshi oʻtkazgan[14].

Statistikasi

tahrir
Shimoliy Irlandiya terma jamoasi safida
Mavsum Oʻyin Gol
2013 1 0
2014 2 0
Jami 3 0

Manbalar

tahrir
  1. „RSL Finalizes Roster with Eight New Signings“ (en). Real Salt Lake (2012-yil 1-mart). 2015-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-yanvar.
  2. James Edward. „RSL signs 8, finalizes roster with 26 players“ (en). Deseret News (2012-yil 1-mart). 2020-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-yanvar.
  3. „Реал Солт-Лейк VS. Нью-Йорк Ред Буллз 2:0“ (en). soccerway.com (2012-yil 28-mart). 2013-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 26-dekabr.
  4. „Портленд Тимберс VS. Реал Солт-Лейк 2:3“ (en). soccerway.com (2012-yil 2-aprel). 2013-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 26-dekabr.
  5. „RSL declines contract options on 4 players“ (en). Real Salt Lake (2012-yil 3-dekabr). 2020-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-yanvar.
  6. „Red Bulls Sign Midfielder Jonny Steele“ (en). New York Red Bulls (2013-yil 20-fevral). 2020-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-yanvar.
  7. „Портленд Тимберс VS. Нью-Йорк Ред Буллз 3:3“ (en). soccerway.com (2013-yil 4-mart). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 26-dekabr.
  8. „Нью-Йорк Ред Буллз VS. Нью-Инглэнд Революшн 4:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 4-mart). 2013-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 26-dekabr.
  9. „Red Bulls mutually agree to part ways with Jonny Steele“ (en). New York Red Bulls (2014-yil 10-iyul). 2020-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-yanvar.
  10. „Steele Signs with Minnesota“ (en). Minnesota United NASL (2015-yil 8-yanvar). 2015-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-yanvar.
  11. David La Vaque. „United to part ways with former MLS midfielder Jonny Steele“ (en). Star Tribune (2015-yil 30-iyun). 2020-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-yanvar.
  12. „Fury FC Ink Man of Steele“ (en). Ottawa Fury FC (2016-yil 12-yanvar). 2016-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-yanvar.
  13. „The Miami FC Bolsters Midfield with Signing of Jonny Steele“ (en). Miami FC (2016-yil 14-iyul). 2020-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-yanvar.
  14. „Турция VS. Северная Ирландия 1:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 15-noyabr). 2013-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 26-dekabr.