Jonglyorlik (lot. joculator — qiziqchi)— sirk sanʼati janri. Mahalliy xalqlarning urf-odatlari bilan bogʻliq ravishda rivoj topgan. Kichik sahna tomoshalari koʻrsatishdan tashqari hikoyachilik, xonandalik, soz chalish, fokus koʻrsatish va b. bilan shugʻullanilgan. Ijrochi (jonglyor) turli buyumlar (3 tadan ortiq) ni maʼlum maromda otib, ilib olib oʻynaydi va h.k.J. koʻp jihatdan balansirlik (muvozanat saqlash), ekvilibristika, akrobatika, masharabozlikka qoʻshilib ketadi. Misr, Yunoniston, Rim va Markaziy Osiyoda qadimdan maʼlum boʻlgan. Oʻzbek sirkida koʻza oʻyin, lagan oʻyin, likob oʻyin, pichoq oʻyin, Halqa oʻyin va b. qadimdan mavjul. Oʻzbek sanʼatkorlari bu oʻyinlarni koʻpincha raqs bilan koʻrsatadilar. Qodir Gʻulomning tuya ustidagi akrobatik tomoshalarida, F. Sharifboyev va b. ijodida (maye, "Lagan oʻyin") J. elementlari koʻp boʻlgan. Gardishga piyola, kosalarni piramida shaklida taxlab qoʻl bilan aylantirish (maye, Abdullayev, Buxoro), katta xumlarni boshda, orqada koʻtarib pichoqlar bilan murakkab mashqlarni bajarish kabi J. dasturlari milliy xalq sirkida rivoj topgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil