Jonikmar togʻi - Kashqadaryo viloyatidagi togʻ. Hisor tizma togʻlarining janubi-gʻarbiy tarmogʻi. Eng baland joyi 1319 m, uz. 14 km. Shimolidan janubi-ga va janubi-gʻarbga yoʻnalgan. Jonikmar togʻining shimoli-gʻarbiy yon bagʻri zinapoyasimon pasayib Arabdasht va Quyuqdasht tekisliklariga tutashgan. Yon bagʻirlari quruq soy va jarlar bilan oʻyilgan. Yon bagʻirlaridagi toʻq boʻz tuproqlarda bugʻdoyiq, togʻ shuvogʻi, togʻolcha, doʻlana va boshqalar oʻsadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil