José Luís Mendes Andrade (talaffuzi: Xose Luis Mendes Andrade; 1991-yil 24-yanvarda tugʻilgan) — Kabo-Verdiyalik futbolchi, Hatayspor futbol klubi va Kabo Verde terma jamoasi hujumchisi. Kabo-Verdeda tugʻilgan, u 18 yoshida Portugaliyaga koʻchib oʻtgan va u yerda professional faoliyatini „Gil Vicente“ futbol klubida boshlagan. 2009-yil 29-noyabrda u Portugaliya Segundasida „Chaves“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan[4]. 2010-yilning 15-aprelida „Beira Mar“ futbol klubiga qarshi bahsda José Luís jamoadagi ilk golini urgan[5]. Dastlabki ikki mavsumda u yaxshi oʻyin koʻrsatib, jamoaning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan, shuningdek, uning elitaga chiqishiga va Portugaliya Liga kubogi finaliga chiqishiga yordam bergan.

José Luís
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi José Luís Mendes Andrade[1]
Tavallud sanasi 24-yanvar 1991-yil (1991-01-24) (33 yosh)[2]
Tavallud joyi Fogo, Kabo-Verde
Boʻyi 1.84 m[3]
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Hatayspor
Raqami 29
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007 Académica Fogo
2008 Batuque
2009 Gil Vicente
Xalqaro medallar

Xalqaro faoliyati tahrir

2010-yil 24-mayda Portugaliyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida José Luís Kabo-Verde terma jamoasida debyut qilgan[6].

U ilk xalqaro golini 2014-yilning 6-sentyabrida Nigerga qarshi 2015-yilgi Afrika Millatlar Kubogi saralashida urgan. Oradan 4 kun oʻtib, Zambiya terma jamoasiga qarshi saralash bahsida ham gol urgan. Baʼzi manbalar shuni koʻrsatadiki, José Luís 2012-yilda JCh-2014 saralashida (2-iyun) Syerra-Leonega qarshi oʻyinda va Afrika Millatlar Kubogi-2013 saralashida (16-iyun) Madagaskarga qarshi gol urgan[7][8].

2019-yil oktyabr oyida Togoga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida u 2 yildan ortiq vaqtdan beri birinchi marta milliy terma jamoada oʻynagan va 2014-yildan beri ilk golini kiritgan. 2019-yilning noyabr oyida u Afrika Millatlar Kubogi saralashida Mozambikga qarshi oʻynagan.

José Luís 2012, 2013, 2015, 2017, 2019 va 2021-yillarda Afrika Millatlar Kubogi saralash bosqichida ishtirok etgan, ammo Kabo-Verde saralash bosqichidan oʻtganida 2013 va 2015-yilgi final turnirlarida tarkibga kiritilmagan. José Luís 2014 va 2018-yilgi jahon chempionatlari saralashida ham ishtirok etgan.

Statistika tahrir

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Xalqaro turnir Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Gil Vicente 2009—2010 5 4 0 0 0 0 5 4
2010—2011 22 10 0 0 5 2 27 12
Gil Vicente (ijara) 2011—2012 13 4 0 0 3 1 16 5
Jami 40 18 0 0 8 3 0 0 0 0 48 21
Braga B 2012—2013 15 4 15 4
Braga 2012—2013 15 4 1 1 2 0 5 0 23 5
2014—2015 20 8 2 3 2 0 24 11
Jami 35 12 3 4 4 0 5 0 0 0 47 16
Videoton (ijara) 2013—2014 26 9 3 1 9 5 38 15
Spartak Moscow 2015—2016 24 8 1 2 25 10
2016—2017 21 5 1 0 2 0 24 5
2017—2018 16 2 2 2 5 2 1 0 24 6
2018—2019 25 10 3 1 8 3 36 14
Jami 86 25 7 5 0 0 15 5 1 0 109 35
Porto 2019—2020 19 7 3 2 1 0 8 2 31 11
2020—2021 1 0 1 0
Jami 20 7 3 2 1 0 8 2 0 0 32 11
Lokomotiv Moscow 2020—2021 8 1 0 0 0 0 5 0 13 1
Umumiy faoliyatida 229 76 16 12 22 8 33 7 1 0 302 103

Manbalar tahrir

  1. „Zé Luís“ (pt). Mais Futebol. Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.
  2. „Zé Luís“. Eurosport. Qaraldi: 2020-yil 2-mart.
  3. José Luís Rossiya Premyer-ligasi saytida
  4. „Жил Висенте VS. Чавес 0:3“ (en). soccerway.com (2009—11—29). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-iyul.
  5. „Жил Висенте VS. Бейра-Мар 1:1“ (en). soccerway.com (2010—04—15). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-iyul.
  6. „Portugal held to 0–0 draw by Cape Verde“. USA Today (2010-yil 24-may). 2011-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-aprel.
  7. „Sierra Leone 2:1 Cape Verde“ (en). transfermarkt.com (2015—07—17). 2015-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-iyul.
  8. „Кабо-Верде VS. Мадагаскар 3:1“ (en). soccerway.com (2012—06—16). 2014-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-iyul.