José María Méndez, tahallusi Pulpis (talaffuzi: Xose Mariya Pasos Mendes, ispancha: José María Pazos Méndez; 1974-yil 28-mart[1] Lugoda tugʻilgan) – ispaniyalik sobiq professional futzalchi, darvozabon sifatida oʻynagan. 1996-yilda beri futzal murabbiy, mutaxassis va futzal instruktori lavozimlarida ishlagan. José 2011—2012 va 2014—2017-yillarda futzal boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiylik faoliyati bilan tanilgan. 2019-yildan Tailan futzal terma jamoasida bosh murabbiy vazifasida ishlamoqda.

José Méndez
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi José María Pazos Méndez
Tavallud sanasi 28-mart 1974-yil (1974-03-28) (50 yosh)
Tavallud joyi Lugo, Galisiya Ispaniya
Boʻyi 174 cm (5 ft 8 12 in)
Ampluasi Darvozabon
Laqabi Pulpis
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Tailand
Raqami Bosh murabbiy
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
. Various Clubs
. Lugo
Boshqargan klublari
1996—1998 Autos Lobellier
1998—2000 Melilla
2001—2002 Kafe Candelas Lugo
2002—2003 Mebel Kaloto
2003—2004 Valensiya Vixusa
2004 Orkan
2004—2006 Barsel Evro Puebla
2006—2007 Autos Lobelle
2008—2009 Tailand
2010 Vyetnam
2011—2012 Oʻzbekiston
2012—2014 Chonburi Bluewave
2014—2017 Oʻzbekiston
2016—2017 Ardus
2016—2017 Oʻzbekiston U18
2019—h. v. Tailand
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Biografiya va faoliyati

tahrir

Xose Mariya Mendez 1974-yil 28-martda Ispaniyaning Galisiya provinsiyasida joylashgan Lugo shahrida tugʻilgan. Yoshligida darvozabon sifatida futzal bilan shugʻullana boshlagan. Mendesning soʻzlariga koʻra, u futzalchi sifatida kuchli emas edi va shuning uchun faoliyatini 22 yoshida yakunlagan. Uning soʻzlariga koʻra, oʻsha yili uning klubida toʻsatdan bosh murabbiy ishdan boʻshatilib, unga boʻsh lavozim taklif qilingan. Shu tariqa Mendes murabbiylik faoliyatini boshlagan[2][3].

2000-yillarning oʻrtalarigacha u turli ispan klublariga ustozlik qilgan. Bir muddat Xorvatiyada ishlagan. 2008-yili Ispaniya klublaridan birida murabbiylik qilayotgan vaqtida Tailand terma jamoasi uni bosh murabbiylikka taklif qiladi va shu tariqa Mendez bu jamoaga bosh murabbiy boʻladi. Oʻshandan beri u Osiyoda ishlaydi. Uning qoʻl ostida Tailand terma jamoasi oʻz tarixida birinchi marta Osiyo chempionati finaliga chiqgan va oʻz tarixida uchinchi marta 2008-yil Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etib, „B“ guruhida 4-oʻrinni egallagan. Bir muddat Vyetnam terma jamoasida ishlagan.

2011-yilda Oʻzbekiston terma jamoasidan taklif olib, ushbu jamoani boshqargan. U Oʻzbekistonda 2012-yil oxirigacha ishlagan va 2013-yildan Tailandning „Chonburi Blyuveyv“ klubida ish boshlagan. 2014-yilning aprel oyidan 2018-yilgacha[4] Oʻzbekiston terma jamoasini boshqargan. Uning rahbarligida oʻzbekistonliklar 2014-yilgi Osiyo chempionatida bronza medallarini qoʻlga kiritgan, 2016-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida finalga qadar yetib borishgan hamda oʻz tarixlarida ilk bor 2016-yilgi Kolumbiya jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishgan[5][3].

Yutuqlar

tahrir
  • Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori: 2014-yil
  • Osiyo chempionati finalchisi: 2008, 2016-yillar
  • Kubok egalari kubogi sohibi: 2006/07
  • Klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati gʻolibi: 2013-yil
  • Xorvatiya kubogi sohibi: 2003/04

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir