José Saramago (taxallusi; asl ism-sharifi Joze Mariya Ferreyra de Kastro) (1922, Portugaliya) — portugal yozuvchisi va shoiri. Ilk romani — "Gunohkorlar yeri" 25 yoshida chop etilgan. Ushbu asaridan koʻngli toʻlmagan S. 19 yil davomida hech qanday asar yozmagan. 1966-yil "Ehtimoliy sheʼrlar" poetik toʻplami nashr etilgan. "Yerdan unib chiqqanlar" (1980) romanida hech qachon oʻz yeri boʻlmagan dehqon oilasining 3 avlodi tarixi hikoya qilingan. "Monastir xotiralari" (1982) romani bir qaraganda oldingi asarining davomidek tuyulsada, biroq bu — boshlangʻich taassurot. Roman tarixiy mavzuda boʻlib, 18-asrning 1-yarmi voqealariga bagʻishlangan. Nobel mukofoti laureati (1998).[3]

José Saramago
José de Sousa Saramago
JSJoseSaramago.jpg
Tavallud sanasi 16-noyabr 1922[1]
Vafot sanasi 18-iyun 2010[2][1]
Fuqaroligi Portugaliya
Asarlari tili Portugal tili[1]

ManbalarTahrirlash

  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil