Jose bonaparte
Tavalludi 14-iyun 1928-yil
Vafoti 18-fevral 2020-yil
Mercedes Buenos-Ayres, Argentina
Fuqaroligi Argentina
Kasbi Paleontolog

Tarjimayi holi

tahrir

Jose Fernando Bonaparte(1928-yil 14-iyun – 2020-yil 18-fevral) argentinalik paleontolog boʻlib, Janubiy Amerika dinozavrlari toʻplamini kashf etgan va argentinalik paleontologlarning yangi avlodiga ustozlik qilgan. Paleontolog Piter Dodson uni „ Argentina davlati dinozavr turlari boʻyicha dunyodagi oltinchi davlatga aylanishi uchun mas’ul“ deb taʼriflagan"[1][2]. Bonapart italyan dengizchisining oʻgʻli boʻlib, Napoleon Bonapart uyi bilan yaqin aloqasi yoʻq edi. U Argentinaning Santa Fe shahridagi Rosario shahrida tugʻilgan va Buenos-Ayres shahrida oʻsgan. Paleontologiya boʻyicha rasmiy taʼlimning yoʻqligiga qaramay, u erta yoshda koʻplab doʻstlari bilan qazilmalarni yigʻishni boshladi va oʻz shaharida muzey yaratdi. Keyinchalik u Takuman milliy universitetining kuratori boʻldi va u yerda „Faxriy daraja“ doktori unvoniga 1976-yilda sazovor boʻldi[3], keyin esa 1970-yillarning oxirida Buenos-Ayresdagi Argentino de Ciencias Naturales muzeyida katta olim boʻldi. Bonaparte ikki marta Guggenxaym stipendiyalari bilan mukofotlangan[4] va 1970-yildan beri National Geographic Jamiyati tomonidan moliyaviy koʻmak berilib kelgan[1]. Bonaparteni mehnatsevar, qaysar va kuchli shaxsiyatga ega edi deya taʼriflashgan[5]. U 2011-yilda Comahue milliy universiteti tomonidan yana bir faxriy unvon bilan taqdirlangan[6]. Bonaparte 2020-yil 18-fevralda 91 yoshida vafot etgan[7].

Ish faoliyati

tahrir

Janubiy hududlarning kashf etilishi

tahrir

1975-1977-yillar oraligʻida Bonapart Martin Vins va Xuan C. Leal bilan „El Brete“ da Saltasaurus qazishma ishlaridagi expeditsiyada ishtirok etgan[8]. Argentinalik hamkasbi Jaime Pauell bilan Bonapart Saltasaurus ni oʻrganib chiqdi va hayotda u osteodermalar deb nomlanuvchi zirhli plitalar bilan qoplanganligini taklif qildi. Ushbu kashfiyotga asoslanib, Janubiy Amerikada topilgan 20 ta Kritozavr australis va Lambeozavr dinozavr namunalari bilan birgalikda Bonapart Mezozoy davrining oxirida Amerika oʻrtasida turlarning keng koʻlamli migratsiyasi boʻlgan deb taxmin qildi[9]. Pangeya superkontinenti janubda Gondvana va shimolda Lavrosiyoga boʻlingan. Krit davrida Janubiy Amerika Gondvananing qolgan qismidan ajralib chiqdi. Boʻlinish shimoliy biota va janubiy biota oʻrtasida tafovutga olib keldi va janubiy hayvonlar shimoliy faunaga oʻrganganlarga begona koʻrinadi. Bonapartning topilmalari bu tafovutni koʻrsatadi va paleontolog Robert Bekker uni „Mezozoy ustasi“ deb atashga sabab boʻldi[10].

Kashfiyotlari

tahrir

Bonapart dinozavrlar va boshqa tarix maʼlum boʻlgan koʻplab hayvonlarning tashqi koʻrinishini tasvirlab bergan, jumladan:

Shuningdek, u „Giganotozavr“ tavsifiga ham hissa qoʻshgan.

Falsafa

tahrir

Bonapart anʼanaviy yondashuvni afzal koʻrardi va koʻplab sinapomorfiyalarga Okkam ustarasi tamoyilini qoʻllaydigan zamonaviy kladistik usullardan foydalanmasdi. Qisman shu sababdan u 1990-yilda nashr etilgan Dinozavrlar nomli zamonaviy risolada ishtirok etishdan bosh tortgan. Biroq, 2000-yilga kelib, Bonapart kladogrammalardan foydalanishni boshladi. Masalan, uning sauropodlar (jumladan, Ligabuezavr) va Braziliyadagi proto-sutemizuvchilar haqidagi tadqiqotlarida oʻzi va hammuallflari tomonidan tuzilgan kladogrammalar koʻrsatilgan[5]. Uning shogirdlari orasida Rodolfo Koria, Luis Chiappe, Fernando Novas, Jaime Pauell, Gilermo V. Rujer, Leonardo Salgado, Jorj O. Kalvo, Sebastyan Apestegiya va Agustin Martinelli bor edi.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Spalding, David A. E.. Dinosaur Hunters. Prima Publishing, 1993 — 283–286-bet. ISBN 9781559583381. 
  2. Dodson is quoted in Lessem 1993
  3. Giacchino, Adrián „El doctor José Fernando Bonaparte, tras las huellas de los dinosaurios“ (es). CAECE University (1999). 2007-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „José F. Bonaparte“. John Simon Guggenheim Foundation. Qaraldi: 2018-yil 10-noyabr.
  5. 5,0 5,1 Lessem, Don (May 1993). „Jose Bonaparte: Master of the Mesozoic — Paleontologist“. Omni.
  6. „Otorgan el honoris causa al Dr. José Fernando Bonaparte“ (es-es). University Press. National University of Comahue. 2018-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „Falleció el reconocido paleontólogo José Bonaparte“ (es). La Verdad (2020-yil 18-fevral).
  8. Bonaparte, J. F.; Salfity, J. A.; Bossi, G.; Powell, J. E. (1977). "Hallazgo de dinosaurios y aves cretacicas en la Formación Lecho de El Brete (Salta), proximo al limite con Tucumán" (es). Acta Geològica Lilloana 14: 5–17. http://www.lillo.org.ar/journals/index.php/acta-geologica-lilloana/article/view/741. 
  9. Novas, Fernando E.. The Age of Dinosaurs in South America. Indiana University Press, 2009 — 343–344-bet. ISBN 978-0253352897. 
  10. Bakker is quoted in Lessem 1993
  11. Jose F Bonaparte, Jorge Ferigolo, Ana Maria Ribeiro (2001). "A Primitive Late Triassic ‘ictidosaur’ from Rio Grande Do Sul, Brazil". Palaeontology 44 (4): 623-635. doi:10.1111/1475-4983.00194. https://www.researchgate.net/publication/229744390. 

Havolalar

tahrir