Dinozavrlar
Dinozavrlar (Dinosauria) — qirilib ketgan sudralib yuruvchilar. Tanasining uzunligi 20 sm dan 30 m gacha. Antarktidadan tashqari hamma qitʼalarda, jumladan Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda triasboʻr davrlari qatlamlaridan maʼlum. Yura davrida keng tarqalgan, oxirgi dinozavrlar boʻr davrida (65 million yil oldin) qirilib ketgan. Olimlar ayrim dinozavrlarning qirilib ketishini global katastrofa (asteroidning tushishi va boshqalar), boshqalari yer yuzida oʻsimliklar qoplami va iqlimning asta-sekin oʻzgarishi (masalan, aridizatsiya – quruqlashishi) yoki ular yashaydigan muhitdagi boshqa noqulay oʻzgarishlar bilan bogʻlashadi. 600 ga yaqin turi maʼlum.
Dinozavrlar | |
---|---|
Dinozavrlar skeletlari toʻplami. Yuqorida chapdan soat strelkasi boʻylab: Mikroraptor (qanotli teropod), Apatozavr (bahaybat zavropod), Edmontozavr (oʻrdakburun ornitopod), Triseratops (shoxdor seratops), Stegozavr (plastinkasimon stegozavr), Pinakozavr (zirhli ankilozavr) | |
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Dinozavrlar 2 turkum: kaltakesaksimon va qushsimon dinozavrlarga ajratiladi. Ikki turkum ham bir-biridan mustaqil holda har xil psevdozuxiylardan kelib chiqqanligi, ikki oyoqda harakatlanish psevdozuxiylardan ularga oʻtganligi taxmin qilinadi. Keyinroq ikki oyoqda yurish yirtqich dinozavrlar va ornitopodlarda kuchaygan, boshqalari (stegozavrlar, zauropodlar, ankilozavrlar, shoxdor dinozavrlar)da yoʻqolib ketgan. Dinozavrlar morfologik va ekologik jihatdan xilma-xil boʻlib, yirtqichlar ajdodidan kelib chiqqan. Qushsimon dinozavrlar hamda kaltakesaksimon dinozavrlardan zauropodlar oʻsimlik bilan oziqlanishga oʻtgan va yirik suv havzalari yoki dengiz sohiliga yaqin joyda yashashga moslashgan. Ornitopodlardan boshqa barcha qushsimon dinozavrlarda yirtqichlarga qarshi himoya vositalari (stigozavrlar va ankilozavrlarda – suyak qalqonlar, shoxdor dinozavrlarda – shoxlar) rivojlangan. Dinozavrlar tuxum qoʻyib koʻpaygan. Ayrim olimlar Dinozavrlar issiq qonli boʻlgan, lekin ularning issiqni saqlaydigan teri qoplami boʻlmaganligini taxmin qilishadi. Turlarining keng tarqalgani va tez almashinganligi ulardan Yer qatlamlari yoshini aniqlashda keng foydalanish imkonini beradi.
Adabiyotlar
tahrirVikiomborda Dinozavrlar haqida turkum mavjud |
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Paul, Gregory S.. Dinosaurs of the Air: The Evolution and Loss of Flight in Dinosaurs and Birds. Baltimore; London: Johns Hopkins University Press, 2002. ISBN 978-0-8018-6763-7. OCLC 1088130487. .
- Sternberg, Charles Mortram. Canadian Dinosaurs, 2nd, Geological Series, Ottawa: National museums of Canada, 1966. OCLC 1032865683.
- Stewart, Tabori & Chang. The Humongous Book of Dinosaurs. New York: Abrams Books, 1997. ISBN 978-1-55670-596-0. OCLC 1037269801.
- Zhou, Zhonghe (October 2004). „The origin and early evolution of birds: discoveries, disputes, and perspectives from fossil evidence“ (PDF). Naturwissenschaften. 91-jild, № 10. Berlin: Springer Science+Business Media. 455–471-bet. Bibcode:2004NW.....91..455Z. doi:10.1007/s00114-004-0570-4. ISSN 0028-1042. PMID 15365634. S2CID 3329625. 21-iyul 2011-yilda asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 6-noyabr 2019-yil.
{{cite magazine}}
: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud:|seperator=
(yordam); More than one of|archivedate=
va|archive-date=
specified (yordam); More than one of|archiveurl=
va|archive-url=
specified (yordam)CS1 maint: date format () (Wayback Machine saytida 2011-07-21 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |