Josip Mišić (talaffuzi: Yosip Mishich[1][2]) (1994-yil 28-iyunda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Zagrebning „Dinamo“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Josip Mišić
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 28-iyun 1994-yil (1994-06-28) (29 yosh)
Tavallud joyi Vinkovci, Xorvatiya
Boʻyi 1.87 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Dinamo Zagreb
Raqami 27
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002—2005 Zrinski Bošnjaci
2005—2013 Osijek
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2015 Osijek 55 (3)
2015—2018 Rijeka 65 (4)
2015—2016Spezia (Ijara) 8 (0)
2018—2021 Sporting CP 8 (0)
2019—2020PAOK (Ijara) 31 (5)
2020—2021Dinamo Zagreb (Ijara) 16 (2)
2021—0000 Dinamo Zagreb 33 (1)
Milliy terma jamoa
2012 Xorvatiya U18 5 (0)
2012—2013 Xorvatiya U19 7 (0)
2014—2016 Xorvatiya U21 6 (0)
2017 Xorvatiya 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(21-may uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (14-yanvar 2017-yil uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

NK Osijek akademiyasi safida oʻz faoliyatini boshlagan Mišić UEFA Yevropa ligasi saralash bosqichida „Santa Koloma“ ga qarshi oʻyinda, Zoran Kvrjich oʻrniga maydonga tushgan[3]. Koʻp oʻtmay, u Prva HNLdagi debyutini ham oʻtkazgan u mehmonda NK Inter Zapreshichga qarshi oʻyining 14-daqiqasida jarohat olgan Domagoj Pushich oʻrniga maydonga tushgan va 82-daqiqada oʻzining birinchi golini kiritgan[4].

2014-yilning dekabrida, uni Zagrebning Dinamo jamosiga oʻtishi haqidagi mish-mishlarga qaramay, u HNK Rijeka bilan shartnoma imzolagan[5]. Rijeka bilan uch yil muvaffaqiyatli mavsum oʻtkazgandan soʻng, 2018-yil yanvar oyida Mišić Sporting CPga oʻtgan. Transfer narxi 3 million yevro boʻlgan[6].

2018-yil 15-may kuni Mišić va uning bir qancha jamoadoshlari, shu jumladan, murabbiylar, jamoa ligada uchinchi oʻrinni egallab, UEFA Chempionlar Ligasi saralashidan oʻtkazib yuborilganidan soʻng, „Sporting“ning 50ga yaqin muhlislari klub mashgʻulot maydonida hujum qilishlari natijasida jarohat olganlar[7][8]. Hujumga qaramay, Mišić va jamoaning qolgan aʼzolari keyingi dam olish kunlariga rejalashtirilgan Portugaliya kubogi finalida oʻynashga rozi boʻlishgan[9].

2019-yilning 17-yanvarida PAOK Mišićni Lissabonning „Sporting“ klubidan 2020-yilning iyunigacha sotib olish opsiyasi bilan ijaraga olganini eʼlon qilgan[10]. 2020-yilgi mavsumni ajoyib tarzda oʻtkazgan (xorvatiyalik yarim himoyachi jami sakkizta golli uzatmani amalga oshirgan, shuningdek, beshta gol urgan)[11].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Osijek 2012—2013 Prva HNL 11 1 1 0 3 0 - 15 1
2013—2014 28 1 4 0 - - 32 1
2014—2015 16 1 1 0 - - 17 1
Jami 55 3 6 0 3 0 0 0 64 3
Rijeka 2014—2015 Prva HNL 11 0 4 0 - - 15 0
2015—2016 1 0 - - - 1 0
2016—2017 34 2 6 0 2 0 - 42 2
2017—2018 19 2 3 0 10 1 - 32 3
Jami 65 4 13 0 12 1 0 0 90 5
Spezia (Ijara) 2015—2016 Serie B 8 0 1 0 - - 9 0
Sporting 2017—2018 Primeira Liga 5 0 1 0 - - 6 0
2018—2019 3 0 0 0 - - 3 0
Jami 8 0 1 0 0 0 0 0 9 0
PAOK (Ijara) 2018—2019 Gretsiya Super Ligasi 5 0 5 1 0 0 - 10 1
2019—2020 26 5 4 1 2 0 - 32 6
Total 31 5 9 2 2 0 0 0 42 7
Dinamo Zagreb (jara) 2020—2021 Prva HNL 16 2 2 1 4 0 - 22 3
Dinamo Zagreb 2021—2022 33 1 2 0 15 0 - 50 1
Jami 49 3 4 1 19 0 0 0 72 4
Karyerada jami 215 15 33 3 36 1 0 0 284 19

Yutuqlari tahrir

HNK Rijeka

  • Prva HNL : 2016—2017
  • Xorvatiya kubogi : 2016—2017

Sporting CP

  • Taça de Portugaliya : 2018—2019

PAOK

  • Gretsiya Superligasi : 2018—2019
  • Gretsiya kubogi : 2018—2019

Dinamo Zagreb

  • Prva HNL: 2020—2021
  • Xorvatiya kubogi: 2020—2021[12]

SHahsiy yutuqlari tahrir

  • Xorvatiya Birinchi Futbol Ligasi : Eng yaxshi assistent: 2013—2014
  • PAOKda mavsumning eng yaxshi futbolchisi: 2019—2020
  • Gretsiya Superligasining eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2019—2020[13]

Manbalar tahrir

  1. „Jòsip“ (sh). Hrvatski jezični portal. — „Jòsip“. Qaraldi: 19-mart 2018-yil.
  2. „mȉš“ (sh). Hrvatski jezični portal. — „Míšić“. Qaraldi: 19-mart 2018-yil.
  3. Osijek novom pobjedom osigurao drugo pretkolo Europske lige, idući suparnik je Kalmar (Wayback Machine saytida 24-sentabr 2015-yil sanasida arxivlangan) at Sportnet
  4. Osijek trijumfalno kroz Zaprešić, Vargić bez primljenog gola već 360 minuta (Wayback Machine saytida 24-sentabr 2015-yil sanasida arxivlangan) at Sportnet
  5. Josip Mišić potpisao na četiri i pol godine at Novi List
  6. OS REFORÇOS JÁ GARANTIDOS PELO LEÃO ALÉM DE MONTERO at Record.pt
  7. Kiley, Ben. „Sporting Lisbon players attacked at training ground after failing to secure Champions League spot“. Sports Joe (15-may 2018-yil). Qaraldi: 16-may 2018-yil.
  8. „Jogadores foram agredidos e agora recusam treinar“ (portugalcha). Diário de Notícias (15-may 2018-yil). Qaraldi: 16-may 2018-yil.
  9. „Sporting Lisbon: Players agree to play Portuguese Cup final after attack“. BBC Sport (16-may 2018-yil). Qaraldi: 7-fevral 2019-yil.
  10. Josip Mišić joins PAOK
  11. „ΠΑΟΚ: Δεν χαλάει του Μίσιτς“. www.sport24.gr (22-mart 2020-yil). Qaraldi: 22-mart 2020-yil.
  12. „DINAMO - ISTRA 1961 6:3“ (xorvatcha). HNS-CFF (19-may 2021-yil). Qaraldi: 22-iyun 2021-yil.
  13. „Super League Interwetten: Η καλύτερη ενδεκάδα της σεζόν 2019-20“ (grekcha). www.sport24.gr. Qaraldi: 4-fevral 2022-yil.