Jotto di Bondone
Jotto di Bondone (Giotto di Bondone, 1266 yoki 1267, Kolledi Vespinyano — 1337, Florensiya) — italiyalik rassom, Uygʻonish davri Yevropa rassomlik sanʼatida realizm asoschisi. Oʻrta asrlar diniy risoladagi qonunlar bilan aloqani uzgan Jotto diniy lavhalarga dunyoviylik baxsh etgan, diniy mavzularni oʻta hayotiylik bilan talqin etgan: Paduyadagi del Arena kapellasi (1304—06), Florensiyadagi Santa-Kroche cherkovi (taxminan 1320—25) freskalari obrazlarining ichki qudrati va ulugʻvorligi, kompozitsiya qurilishi, qatʼiy koloriti bilan diqqatga sazovor. Jotto o'z asari "Mariya va Yelizavettaning uchrashuvi" freskasida qahramonlarini o'tmishdoshlari kabi harakatsiz emas, balki faoliyatda tasvirlaydi. Jotto asarlarida syujetning mazmuni hamisha lirik kayfiyat bilan mujassamlashgani xususiyatlidir. J. ijodi koʻpgina yirik rassomlar (Mazachcho, Mikelanjelo va b.)ga sezilarli taʼsir koʻrsatgan.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |